Buxoroda ham jinoyat olamiga aloqador shaxslar ushlandi
Ular 38 nafarni tashkil etdi.

Buxoro viloyatida ham "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, kriminogen vaziyatga taʼsir qiluvchi 38 nafar shaxslar maʼmuriy qamoqqa olindi.
IIB va uning hududiy organlari xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida sodir etilib fosh etilmasdan qolgan 22 ta jinoyatlar issiq izidan fosh etildi hamda qidiruvda bo‘lgan 31 nafar shaxslar ushlandi.
Bundan tashqari tadbir davomida 1 ta odam o‘g‘irlash va bosqinchilik, 8 ta giyohvandlik hamda kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop dori vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, 2 ta noqonuniy ov quroli saqlash hamda 9 ta boshqa turdagi jinoyatlar aniqlanib, mazkur jinoyatlarda gumon qilinuvchi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 137, 164, 168, 276, 251 va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mazkur shaxslarning 5 tasiga qamoqqa olish hamda 15 tasiga boshqa turdagi ehtiyot choralari qo‘llanildi.
Bundan tashqari, reyd tadbirlari davomida 98 nafar shaxslar bilan manzilli profilaktik ishlar olib borilgan.







