O'zbekiston

Toshkentda o‘quvchining tok urib vafot etishi ortidan maktab “zamdirektori” qamoqqa olindi

Maktab direktori o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Toshkentda o‘quvchining tok urib vafot etishi ortidan maktab “zamdirektori” qamoqqa olindi

 

Toshkentdagi maktabda 8-sinf o‘quvchisi tok urib vafot etishi yuzasidan mazkur maktab direktori o‘rinbosari qamoqqa olindi.

 

Joriy yilning 27 noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani, 99-sonli umumtaʼlim maktabi 8-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida sport maydonidan chiqib ketayotgan vaqtida boshi bilan yiqilib, og‘zi ko‘pirib, biroz titrab so‘ng xushidan ketgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bolaning o‘limi elektr jarohati, elektr toki yoyidan zaharlanish, o‘tkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi, bosh miya va o‘pka shishi, chap qo‘l kaft sohasi elektr tamg‘asi natijasida yuz bergan.

 

Prokuratura xabariga ko‘ra, maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga JKning 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan ayblov eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

custom img

Raqobat qo‘mitasi maktab bozorlarida narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Qo'mita savdo nuqtalarida o'quv qurollarini hamyonbop narxlarda xarid qilish uchun zarur sharoitlarni ta'minlash muhimligini bildirdi.

custom img

Toshkent viloyatida Cobalt Spark’ni yo‘ldan chiqarib yubordi: ota va o‘g‘il halok bo‘ldi

Hodisa joyidan qochgan Cobalt haydovchisi qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlarga tosh otgan shaxs jarimaga tortildi

Qoidabuzar o‘z qilmishi uchun uzr so‘ragan.

custom img

Turkiyada 10 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi shubhali pul o‘tkazmalari bo‘yicha tergov qilinmoqda

Ularning ayrimlari sud qaroriga asosan jazoni ijro etish muassasasida, ayrimlari esa deportatsiya markazida saqlanmoqda.

custom img

Prezident Xivadan Urganchga yangi avtomobil yo‘li orqali qaytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

custom img

Mandat natijalari e’lon qilindi: 209 mingdan ortiq abituriyent talaba boʻldi

Bu yil oliy ta’limga qabulda davlat granti bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali 134,6 ball, kontrakt bo‘yicha 93,7 ballni tashkil etdi.

custom img

Toshkent issiqlik elektr stansiyasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Ishchi guruh Toshkent IESdagi filtrlash tizimlarini modernizatsiya qilish va atmosfera havosiga salbiy ta’sirni kamaytirish choralari yuzasidan tavsiyalar berdi.

custom img

“Odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"