Kuala-Lumpurdan Toshkentga parvozlar yo‘lga qo‘yildi
Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar haftasiga bir marta amalga oshiriladi.

Joriy yilning 15 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:58 da “Batik Air” aviakompaniyasi borti Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yoʻnalishi boʻyicha ilk parvozni amalga oshirib, Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi.
Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar haftasiga bir marta juma kunlari Boeing 737 va Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi. Kelajakda aviatashuvchi reyslar chastotasini oshirish rejalashtirilmoqda, shuningdek, mintaqada yo'nalishlar tarmog'ini kengaytirish ham ko'rib chiqiladi.
Ma'lumot o'rnida, Batik Air - bosh qarorgohi Jakartada joylashgan Indoneziya aviakompaniyasi bo'lib, Indoneziya ichida va tashqarisida muntazam yo'lovchilarga xizmat ko'rsatadi. Bu Lion Air arzon aviakompaniyasining sho'ba korxonasi.







