O'zbekiston

Farg‘onada “apteka” mudiri psixotrop moddalar sotayotgan vaqtda ushlandi

Shuningdek, Buxoro va Navoiyda ham dorixona sotuvchilari kuchli taʼsir qiluvchi dorilarni shifokor retseptisiz berayotganda qo‘lga olindi.

Farg‘onada “apteka” mudiri psixotrop moddalar sotayotgan vaqtda ushlandi

 

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi “R.” MCHJga qarashli dorixona mudiri M.I. xaridorga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan uch xil turdagi 138 dona dori vositasini sotgan vaqtida ushlandi. Dorixonadan jami 1293 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Navoiy viloyatining Navoiy shahridagi “K.M.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchisi D.N. xaridorga 50 dona “Reduksin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bundan tashqari, Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi “F.M.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi F.I. hech qanday hujjatsiz to‘rt dona “Gabanerv” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.Sh.ga sotgan vaqtida ushlandi. Dorixonadan jami 198 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi — kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish hamda 186-3-moddasi — tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlari tanlovini e’lon qiladi

Tanlov “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi doirasida o‘tkaziladi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazib, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

OTMlarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan boshlangan.

custom img

Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

Chempionat “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"