Chirchiqda sudya marhumga jarima qo‘lladi
Holatga Sudyalar oliy kengashi izoh berdi.

“Ezgulik” jamiyatining raisi ijtimoiy tarmoqda Chirchiqda sudya marhumni jarimaga tortganligi haqida xabar eʼlon qildi.
Sudyalar oliy kengashining aniqlanishicha, joriy yilning mart oyida fuqaro va Kadastrlar agentligining Toshkent viloyat boshqarmasi uch nafar fuqaroga nisbatan Qibray tumani Xazina ko‘chasini ochish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan temir darvoza, devor va noqonuniy qurilmalarni buzish haqidagi daʼvo talabi bilan sudga murojaat qilgan.
Nizo fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi tomonidan ko‘rilishida uch nafar javobgarlardan biri sud majlisi bo‘ladigan vaqt va joyi maʼlum qilingan bo‘lsa-da, protsessga kelmagan va kelmaslik sabablarini ham sudga maʼlum qilmagan.







