Izboskanga yangi hokim qo‘yildi
Avvalroq tumanning sobiq hokimi qamoqqa olingani xabar qilingandi.

Andijon viloyati Izboskan tumaniga yangi hokim tayinlandi.
Karimov Elyorbek Rahmatillayevich Izboskan tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
U O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.







