To‘qayev keyingi saylovlarda ishtirok etish rejalari haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

"Qozog‘istonning amaldagi konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident bitta yetti yillik muddatga saylanishi mumkin, shundan so‘ng uning vakolatlari tugaydi", — dedi QR prezidenti.

To‘qayev keyingi saylovlarda ishtirok etish rejalari haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

 

"Qozog‘istonning amaldagi konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident bitta yetti yillik muddatga saylanishi mumkin, shundan so‘ng uning vakolatlari tugaydi", — dedi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Egemen Qazaqstan nashriga bergan intervyusida, ehtimoliy qayta saylanish haqidagi savolga javob qaytarib.

 

To‘qayev konstitutsiyaga o‘zgartirishlar bo‘yicha referendum o‘tkazish rejasi haqidagi mish-mishlarni rad etdi va prezident faqat bir marta saylanishi mumkin bo‘lgan qoida "endi hech qachon o‘zgarmasligini" taʼkidladi.

 

"Men bunga qattiq ishonaman. Konstitutsiyaviy islohot konstitutsiyaga hozirgi ko‘rinishida qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutmagan", — dedi davlat rahbari. 

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, u 15 yil oldin yopiq muhokamalarda bitta yetti yillik muddat g‘oyasi haqida gapirgan, ammo o‘shanda bu taklif “qo‘llab-quvvatlanmagan”.

 

"2019-yilda prezident etib saylanganimdan keyin mamlakatimiz siyosiy tizimni demokratlashtirish, jamiyat hayoti erkinligini taʼminlash va iqtisodiyotni monopoliyadan ozod qilish yo‘lida harakat qildi", — dedi To‘qayev

 

Shu bilan birga, davlat rahbari "yangi yo‘nalishimiz baʼzi nufuzli shaxslarga umuman yoqmadi", dedi.

 

"Ular bu o‘zgarishni mamlakatdagi chuqur ildiz otgan tizim va kuch tuzilmasidagi o‘zlarining "maxsus maqomi"ga tahdid sifatida qabul qildi. Bunday odamlar yashirincha, baʼzan esa ochiqchasiga mamlakatdagi o‘zgarishlarni rad etishni boshladi. Oxir-oqibat, ular o‘zlariga qulay bo‘lgan eski holatga qaytish uchun islohotni bekor qilishga va hamma narsani yo‘qqa chiqarishga urindi", — dedi prezident 2022-yil yanvaridagi qurolli tartibsizliklarni nazarda tutib. 

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p yillik hal etilmagan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hamda davlat va jamiyat degradatsiyasiga o‘tgan umumiy turg‘unlik Qozog‘istonda ommaviy tartibsizliklar va davlat to‘ntarishiga urinishlarga olib keldi. 

 

To‘qayev 1991 yildan buyon Qozog‘iston prezidenti bo‘lgan va bu lavozimni 25 yildan ortiq egallab turgan Nursulton Nazarboyevning vorisi hisoblanadi. 2019-yil mart oyida Nazarboyev isteʼfoga chiqdi. O‘sha paytda Senat raisi bo‘lgan To‘qayev davlat rahbari v.b.ga aylandi. 2019-yil yozida u Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. 

 

2022-yil sentabr oyida u konstitutsiyaga o‘zgartirishlar qabul qilingandan so‘ng muddatidan oldin ovoz berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Asosiy qonun yangi tahririga ko‘ra, vakolat muddati besh yildan yetti yilgacha oshirildi, qayta saylanish taqiqlandi. 2022-yilning noyabrida To‘qayev yana qayta saylandi. 

 

To‘qayev 31-dekabr kungi murojaatida yangi, 2024-yilda "qonun va tartib diktaturasi"ni o‘rnatish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar ko‘rishiga vaʼda berdi.

 

"Yangi yilda ham davlatchiligimizni mustahkamlash, xalq farovonligini yuksaltirishga qaratilgan tizimli islohotlarni davom ettiramiz. Jamiyatda qonun va tartib diktaturasini o‘rnatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘ramiz", — dedi davlat rahbari

 

Uning taʼkidlashicha, 2023-yilda qonun ustuvorligini taʼminlash siyosati doirasida mamlakatda "bu yo‘nalishda aniq chora-tadbirlar" amalga oshirildi. Xususan, rasmiylar "noqonuniy yo‘l bilan orttirilgan iqtisodiy aktivlarni qaytarish bo‘yicha" ishlarni davom ettirmoqda. G‘aznaga qaytarilgan mablag‘lar "allaqachon xalq manfaati uchun, masalan, maktablar qurilishiga sarflanmoqda", dedi To‘qayev

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023-yil Qozog‘iston uchun "taʼsirli muvaffaqiyatlar, yorqin daqiqalar va muhim voqealar" bilan esda qoldi. Umuman olganda, mamlakat iqtisodiyoti 4,9 foizga o‘sdi.

custom img

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 6 oyda 9,3 milliard dollarga yetdi

2026-yilning birinchi yarmida xorijdan O‘zbekistonga yuborilgan mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga oshdi.

custom img

Germaniyada jazirama oqibatida 12,5 mingga yaqin kishi vafot etdi

Eng ko‘p o‘lim 85 yosh va undan kattalar orasida qayd etilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

Hujjat 4 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, unda Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilangan.

custom img

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida mahalliy aholi halok bo‘ldi

Dushanbe hodisa yuzasidan Afg‘onistonga norozilik notasi yubordi.

custom img

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinish ishi bo‘yicha 70 kishi so'roq qilinadi

Apellyatsiya sud majlisi 17-avgust kuni bo'lib o'tadi.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"