“Tez yordam” uchun 1,4 mingta elektromobil sotib olinadi
Bu SSV ishlab chiqqan “Aholi salomatligi – 2030” milliy strategiyasini tasdiqlashga doir Prezident qarori loyihasida belgilab qo‘yilmoqda.

Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 2024-2026 yillarda Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan Tez tibbiy yordam avtomobillarining 50 foizi elektromobillar bilan to‘ldiriladi.
Bu haqda SSV ishlab chiqqan “Aholi salomatligi – 2030” milliy strategiyasini tasdiqlashga doir Prezident qarori loyhasida belgilab qo‘yilmoqda.
Qayd etilishicha, 2024-2026 yillar davomida Tez tibbiy yordam xizmatida mavjud 1400 ta avtomobillarni elektromobillarga almashtirish choralari ko‘riladi.
Bunda:
– 2024 yilda 120 ta;
– 2025 yilda 280 ta;
– 2026 yilda 1 000 ta elektromobillar sotib olish rejalashtirilmoqda.







