O'zbekiston

Bugun O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Ayrim joylarda kuchli tuman tushishi mumkin.

Bugun O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘adi

 

Bugun, 7 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ertalab baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 M/S tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 M/S gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-14 daraja iliq, shimolda 3-8 daraja iliq bo‘ladi. 

 

Toshkentda ham vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 M/S tezlikda esadi. Harorat 12-14 daraja iliq bo‘ladi.

 

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 M/S gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"