Yanvarda O‘zbekiston Qozog‘istondan 1,2 million tonna don sotib oladi
Yetkazib berish temir yo‘l orqali amalga oshiriladi.

Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Qozog‘istondan 1,2 million tonna don sotib oladi, deya xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.
“KTJ-Gruzoviye perevozki” MCHJ maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyi uchun 1,5 million tonna don yukini eksportga tashish rejasi kelishilgan.
"Ularning 1,2 million tonnasi O‘zbekiston yo‘nalishidagi Sariagash chegara punkti orqali o‘tadi", — deyiladi xabarda.
Yanvar oyi boshida O‘zbekistonga jo‘natilgan poyezdlar soni sezilarli darajada oshdi (kuniga 32-33 ta poyezdgacha), xitoylik hamkasblar tomonidan poyezdlarni qabul qilish qisqargan (kuniga 11-12 ta poyezdgacha), deya qo‘shimcha qildi kompaniya.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston Qozog‘iston donining asosiy importchisiga aylandi. Mamlakat qariyb 2 million tonna mahsulot sotib oldi.







