Sport

“Shaharliklar” katta o‘zgarishlarga tayyorlanmoqda

Gvardiola yanvarda jamoani qayta qurmoqchi.

“Shaharliklar” katta o‘zgarishlarga tayyorlanmoqda

 

"Manchester Siti" Pep Gvardiola qo'l ostida o'zining eng yomon mavsumini o'tkazmoqda. Ispaniyaliklar murabbiy davrida jamoa hech qachon 17 turdan keyin bunchalik kam ochko to'plamagan edi. "Siti" o'yin va kadrlar bilan bog'liq muammolarni boshdan kechirmoqda. Shuning uchun klub qishki transfer oynasida bor e'tiborini transfer bozoriga qaratadi. Xo'sh, Angliya chempionining yanvar oyidagi rejalari qanday?

 

"Manchester Siti" qishda kamdan-kam hollarda yirik shartnomalar tuzadi. Oxirgisi Xulian Alvaresni 2022-yilning yanvarida 21,4 million yevroga sotib olgan edi (u transfer vaqtida top futbolchi emas edi). Ammo klubning iqtisodiy ko'rsatkichlari rahbariyatga yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida yangi futbolchilar uchun pul ajratish imkonini beradi. "Manchester Siti" o'tgan yil davomida 715 million funt daromad qayd etdi. Shu sababdan yanvar oyida muxlislar jamoadan katta yangiliklarni kutmoqda.

 

"The Telegraph" nashrining ta'kidlashicha, rahbariyat jamoani qayta qurishni rejalashtirmoqda. Klub 4-6 nafar futbolchini transfer qilish haqida o'ylamoqda. "ESPN" nashrining xabariga ko'ra, "Manchester Siti" qishda yarim himoyachi sotib oladi. Asosiy variantlar Martin Subimendi (“Real Sosedad”) va Bruno Gimaras (“Nyukasl”). Har ikki futbolchi ham jarohat olgan Rodrining o'rnini to'ldirishga qodir ekanligi aytilmoqda. "Independent" nashrining yozishicha, "Siti" Pol Pogbani ham olib kelishni ko'rib chiqmoqda. Fransiyalik futbolchi erkin agent sanaladi va mart oyida doping tufayli diskvalifikatsiya qilingan edi. Manbaning ta'kidlashicha, Pol Gvardiola jamoasi bilan muzokara olib borishni istamayapti. Bunga fransiyalik futbolchining "Manchester Yunayted" bilan ijobiy aloqalari sabab qilib keltirilgan. Insayder Fabritsio Romano ham klub va futbolchi muzokara olib bormayotganini aytgan.

 

Gvardiola uchun yarim himoyachi pozitsiyasining boshqa variantlari orasida "Atalanta"dan Ederson, Eberechi Eze (Kristal Pelas), Mateys Kunya (Vulverxempton"), shuningdek, Adam Uorton ("Kristal Pelas") va Teyani Reinders ("Milan") bor. “Manchester Siti” Mark Guexi (“Kristal Pelas”) yoki Jerrad Brantueyt (“Everton”)ni markaziy himoyachi pozitsiyasiga ko'rib chiqmoqda. "Daily Mail" nashrining qayd etishicha, Angliya chempionlari Erling Holand o‘rniga yangi markaziy hujumchi va o‘ng qanot himoyachisi variantini ham ko'rib chiqmoqda. "TBR Football" nashri "Siti"ning "Spartak" klubi hujumchisi Manfred Ugaldega qiziqishi haqida xabar berdi. Biroq hozircha ma'lumot tasdiqlanmagan. Gvardiola esa "Manchester Yunayted" bilan o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida klub bir qator xaridlarni amalga oshirish haqida o'ylayotganini tasdiqladi.

 

“Men futbolchilarimni qaytarishni xohlayman. Doim aytib kelaman, menga yangi futbolchilar emas, o'zimning futbolchilarim kerak. Ammo, mavsum qizigan vaqtda biz yangi kelishuvlar haqida o'ylashga majbur bo'lyapmiz".

 

Ispaniyalik murabbiy muvaffaqiyatli moliyaviy ko'rsatkichlarni ham alohida ta'kidlab o'tgan: "Rahbariyatni daromad bo'yicha navbatdagi rekord mavsum bilan tabriklayman. Ammo, bu bizga yangi futbolchilar kerak emasligini anglatmaydi".

 

"Atletik" nashrining xabar berishicha, "Manchester Siti" yetakchilarining klubdan ketishini istisno qilmayapti. Masalan, jamoa Kayl Uoker, Kevin De Bryuyne, Ederson, Jek Grealish va Ruben Dias bilan xayrlashishi mumkin.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"