Jahon toji uçun kuraş: Gukeş va Sindarov örtasidagi törtinçi partiya ham durang bilan yakunlandi
FIDE Jahon Çempionati bahsida hozirça ikki grossmeysterdan heç biri ustunlikka erişa olmadi.

Jeneva şahrida şaxmat toji uçun FIDE Jahon çempionati bahslari ötkazilmoqda. 28 noyabr kuni Javohir Sindarov va amaldagi Jahon çempioni Gukeş Dommaraju örtasidagi törtinçi partiya durang bilan yakunlandi. Şu tariqa, dastlabki törtta öyindan keyin umumiy hisob 2:2 bölib turibdi.
Partiyada oq donalarda öynagan Gukeş, qora donalardagi Sindarov bilan 34-yurişdan keyin durangga kelişdi. Uç marta bir xil pozitsiya takrorlangani sababli öyin yakunlandi. Bahs 3 soat 35 daqiqa davom etdi.
Jahon çempionligi uçun bahs jami 14 ta klassik partiyadan iborat. Ğolib böliş uçun şaxmatçilardan biri 7,5 oçko töplaşi kerak.
Beşinçi partiya 29 noyabr kuni bölib ötadi. Unda Sindarov oq donalarda öynaydi.








