Jahon toji uçun kuraş: Javohir Sindarov Gukeş ustidan ğalaba qozondi
Özbekistonlik grossmeyster FIDE Jahon çempionligi bahsining beşinçi partiyasida amaldagi çempion Gukeş Dommarajuni mağlub etdi.

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov FIDE Jahon çempionligi uçun keçayotgan bahsning beşinçi partiyasida amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Gukeş Dommarajuni mağlub etdi. Natijada uçraşuvdagi umumiy hisob 3:2 körinişiga keldi.
29-noyabr kuni Şveysariyaning Jeneva şahrida ötkazilgan bahsda Sindarov oq donalarda, Gukeş esa qora donalarda harakat qildi. Murosasiz keçgan partiya yakunida özbekistonlik şaxmatçi ğalaba qozonib, ilk bor hisobda oldinga çiqdi.
Musobaqaning dastlabki törtta partiyasi durang bilan yakunlangan va hisob 2:2 bölib turgan edi. Jahon çempionligi uçun kuraşning oltinçi partiyasi 30-noyabr, duşanba kuni ötkaziladi.
Ma’lumot uçun, çempionlik bahsi 14 ta partiyadan iborat bölib, 12-dekabrga qadar davom etadi. Birinçi bölib 7,5 oçko jamğargan şaxmatçi jahon çempioniga aylanadi. Agar asosiy partiyalar yakunida durang hisob qayd etilsa, ğolib tay-brekda aniqlanadi. Turnirning umumiy mukofot jamğarmasi 2,5 million dollarni taşkil etadi.








