Sport

Moldova klubi Ronalduni sotib olmoqchi

Jamoa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maxsus bayonatni e’lon qildi.

Moldova klubi Ronalduni sotib olmoqchi

 

Moldovaning “Dachiya” klubi “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olish uchun taklif bilan murojaat qildi.

 

“Ronalduning “Al-Nasr” bilan shartnomasini uzaytirmagani va qishki transfer oynasida erkin agentga aylanishi biz uchun imkoniyatdir. Uning futbolchilik faoliyatini davom ettirishi uchun eng yaxshi tanlov bizning klubimiz deb hisoblaymiz, bunga bir nechta sabab bor. Birinchidan, u boshqa ranglarga o‘rganish shart emas, biz ham sariq va ko‘k ranglarda o‘ynaymiz. Ikkinchidan, faoliyatini yakunlagach, unga klub administratsiyasida xalqaro elchi yoki bolalar guruhlarida murabbiylik lavozimini taklif qilamiz. Krishtianu, seni kutamiz”, deyiladi jamoaning ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan bayonotida.

 

Ma’lumot uchun, Ronaldu “Al-Nasr”da 2023-yildan beri o'ynab kelmoqda. Ushbu davr mobaynida futbolchi 59 ta o‘yinda maydonga tushdi va shuncha bor raqiblar darvozasiga to‘p kiritdi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"