Sirdaryoda cho‘kayotgan fuqaro qutqarib qolindi
Hozirda fuqaroning sog‘ligi yaxshi holatda.

Kecha, 22-may kuni soat taxminan 17:30 larda Yangiyer shahar FVB katta inspektori va yoʻriqchi inspektor belgilangan rejaga asosan Yangiyer shahar hududidan oqib oʻtuvchi Janubiy Mirzachoʻl kanali bo‘yidagi choʻmilish taqiqlangan joylarda reyd tadbirlarini olib borayotgan vaqtda bir nafar fuqaro cho‘kib ketayotganini ko‘rib qolgan.
Xodimlar zudlik bilan fuqaroni suvdan olib chiqqan va o‘sha joyning o‘zida birinchi yordam ko‘rsatib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiyot xodimlariga topshirgan. Hozirda fuqaroning sog‘ligi yaxshi holatda.







