O'zbekiston

Toshkentda sifatsiz dorilar sotgan shaxslar ushlandi

Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Toshkentda sifatsiz dorilar sotgan shaxslar ushlandi

Sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dori vositalarini noqonuniy savdoga chiqarilishining oldi olindi. Bu haqida DXX axborot xizmati xabar berdi.

 

1949 yilda tug‘ilgan fuqaro va uning 1979 yilda tug‘ilgan o‘g‘lining Olmazor tumanidagi yashash manzili ko‘zdan kechirilganda, xonadon yerto‘lasida umumiy qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi “Trenaksa”, “Sumamigren”, “Femileks” kabi jami 72 nomdagi 3615 quti dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, ota-bolalar mamlakatimizga noqonuniy olib kelingan bunday dori vositalarini muntazam ravishda vodiy viloyatlaridan arzon narxda xarid qilib, poytaxtdagi mijozlarga sotish bilan shug‘ullanishgan.

 

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalari davlat reyestrida qayd etilmagan, muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagan hamda ularni maxsus sharoitlarda saqlashning belgilangan qoidalariga amal qilinmagan. Shu sababli mazkur dori vositalarini yurtimizda saqlash, sotish, tashish va tibbiyotda qo‘llash taqiqlanadi.

 

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25 orqali 186 prim 3-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Mazkur yo‘nalishda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahridagi dorixonalardan birida sotish uchun saqlab kelinayotgan, shubha uyg‘otuvchi 456 turdagi 57407 dona dori vositalari, 18 turdagi 835 dona dori vositalarining yasama bo‘sh qutilari hamda 1 dona dori tayyorlash moslamasi mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, dori vositalarning umumiy qiymati 3,5 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

 

Shuningdek, ushbu dori vositalarining 160 turdagisi davlat reyestrida qayd etilmaganligi, 274 turdagisiga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmaganligi, 50 turdagisi sifatsiz, yaroqlilik muddati o‘tgan hamda 7 turdagisi esa qalbakilashtirilganligi maʼlum bo‘ldi.

 

Holat yuzasidan dorixona mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186 prim 3-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Ekopolitsiya xodimi o‘limi: uch nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ekopolitsiya inspektori Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd davomida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan edi.

custom img

Reysingiz kechikdimi? Endi sizga kompensatsiya to‘lanishi mumkin

Raqobat qo‘mitasiga havo transporti xizmatlari bo‘yicha murojaatlar soni yilning birinchi yarmida 4,1 baravarga oshgan.

custom img

Navoiydagi konda fojia: ikki ishchi halok bo‘lgan, jabrlanganlar ham bor

Hozircha NKMK voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirganicha yo‘q.

custom img

20 millionlik jarimani “yo‘q qilish” 500 dollarga tushdi

Samarqandda “Energosavdo” muhandisi 20 mln so‘mlik jarimani bekor qilish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Glinkadagi portlashdan keyin “navbat” yana 10 ta gaz quvurlariga keldi

Hodisadan so‘ng Toshkentning boshqa hududlaridagi gaz tarmoqlarini tekshirish uchun maxsus ishchi guruh tuzildi.

custom img

2 200 dollar evaziga “Umra”: firma vakillari qo‘lga tushdi

Farg‘ona va Namanganda fuqarolarni noqonuniy ravishda “Umra” ziyoratiga yuborishni vaʼda qilib, pul talab qilgan sayyohlik firmasi vakillari qo‘lga olindi.

custom img

77 ta chiqindi poligonida saralash xizmati bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Tanlov orqali chiqindilarni saralashni yo‘lga qo‘yish va qayta ishlashga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini oshirish ko'zda tutilgan.

custom img

O‘zbekistonda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha 6 ta loyiha amalga oshiriladi

Yiliga 3,6 million tonna qattiq maishiy chiqindi qayta ishlanib, 1,6 milliard kVT elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"