O'zbekiston

Buxoroda tibbiyot birlashmasi hisobchilari qo‘lga olindi

Ular byudjet mablag‘lari evaziga “otkat” olishga uringan.

Buxoroda tibbiyot birlashmasi hisobchilari qo‘lga olindi

Buxoroda byudjet mablag‘lari evaziga “otkat” olishga uringan bosh hisobchi va uning o‘rinbosari ushlandi. Bu haqida DXX Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Olot tumani tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi Romitan tumanida kiyimdan tashqari noto‘qima mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MCHJdan birlashma ehtiyojlari uchun 400 dona yotoq choyshablarini sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzadi. Bosh hisobchisi o‘zining o‘rinbosari bilan o‘zaro til biriktirib, mazkur shartnomada tovar narxini oshirib ko‘rsatish orqali, yaʼni har bir choyshabni 90 ming so‘mdan emas, balki 190 ming so‘mdan hisoblab, umumiy harajatlar summasini 76 mln so‘m qilib ko‘rsatadi.

 

Natijada ortiqcha hisoblangan 40 mln so‘m “otkat”ni MCHJ ish yurituvchisidan talab qiladi.

 

DXXning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQK Departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular oldindan 32 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Ularga nisbatan JKning 25,167-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlari tanlovini e’lon qiladi

Tanlov “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi doirasida o‘tkaziladi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazib, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

OTMlarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan boshlangan.

custom img

Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

Chempionat “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"