O'zbekiston

Jennifer Lopezning konserti Toshkentni ijodiy iqtisodiyot markaziga aylantirdi

Chiptalarning 67 foizi xorijliklar tomonidan sotib olindi, 15 mingdan ortiq sayyoh O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Jennifer Lopezning konserti Toshkentni ijodiy iqtisodiyot markaziga aylantirdi

7-avgust kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi homiyligida jahonga mashhur san’atkor Jennifer Lopezning ulkan konserti muvaffaqiyatli o‘tkazildi. “Up All Night — LIVE IN 2025” gastrol safari doirasidagi ushbu tadbir Osiyoda tashkil etilgan eng yirik konsertlardan biri sifatida tarixda qoldi va Toshkentni nafaqat mamlakat poytaxti, balki mintaqaning madaniy markaziga aylantirdi.

 

Tadbir xalqaro miqyosda keng qiziqish uyg‘otib, chiptalarning 67 foizidan ortig‘i xorijliklar tomonidan sotib olindi. Xususan, Rossiyadan 8,945, Qozog‘istondan 2,495 nafar mehmon, shuningdek, AQSH va Yevropa davlatlaridan ko‘plab sayyohlar kelishdi. O‘zbekistonga jami 15,330 nafar sayyoh tashrifi qayd etildi. Konsert tashkilotida yuzdan ortiq mahalliy pudratchi kompaniyalar faol qatnashdi.

 

Tadbir poytaxt iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, yozgi sayyohlik mavsumining past kechayotgan davrida mehmonxonalar va restoranlar faoliyatini jonlantirdi. Masalan, 5-8 avgust kunlari Toshkentdagi mehmonxonalar yotoqxonalar bandligi bo‘yicha o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25,7 foizga oshdi.

 

Bunday yirik tadbirlar ijodiy iqtisodiyotning rivojlanishi, turizmni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va madaniy sohada bandlikni oshirish uchun muhim imkoniyatdir. Shuningdek, ular O‘zbekistonning jahon maydonidagi ijobiy imidjini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Konsertni tashkil etishda Jennifer Lopez jamoasidan 90 dan ortiq mutaxassislar Toshkentda faoliyat olib bordi. Tadbir davomida stadion va atrof-muhit havodan dronlar orqali nazorat qilindi. Yo‘l-patrul xizmati zamonaviy avtomobillar bilan ta’minlanib, 8 ta tez tibbiy yordam brigadasi faoliyat ko‘rsatdi. Kirish joylariga yuz tanish tizimlari va xavfsizlik detektorlar o‘rnatildi. Shuningdek, 3,686 nafar huquq-tartibot xodimi va 300 nafar ko‘ngilli tadbir xavfsizligini ta’minladi.

 

Obodonlashtirish ishlari uchun jami 500 nafar ishchi jalb qilindi va konsertdan so‘ng maydon toza holatga keltirildi. 18 ta oziq-ovqat savdo nuqtasi sanitariya nazorati ostida ishladi, tomoshabinlar uchun maxsus avtobuslar tashkil etildi va barcha zarur ma’lumotlar ommaviy axborot vositalari orqali oldindan yetkazildi.

 

Jennifer Lopezning Toshkentdagi konserti O‘zbekistonning xalqaro darajadagi tadbirlarni yuqori texnik standartlar va tomoshabinlar uchun qulay sharoitlar yaratgan holda o'tkazishga tayyorligini namoyish etdi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining bunday tashabbuslari yurtimizni Markaziy Osiyoning zamonaviy va ijodkor markaziga aylantirishda muhim rol o‘ynaydi.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlari tanlovini e’lon qiladi

Tanlov “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi doirasida o‘tkaziladi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazib, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

OTMlarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan boshlangan.

custom img

Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

Chempionat “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"