O'zbekiston

Olimovning Anor bankdagi aksiyalarining 50 foizi niderlandiyalik investor tasarrufiga o‘tib ketdi

Avvalroq Olimovning Parijda o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar berilgan edi.

Olimovning Anor bankdagi aksiyalarining 50 foizi niderlandiyalik investor tasarrufiga o‘tib ketdi

 

Fransiyada o‘g‘irlanib ketishi keng jamoatchilikka tanilgan Qahramonjon Olimovning Anor bank ustav kapitalidagi ulushi 99,38 foizdan 49,38 foizga qisqardi. Yagona korporativ axborot portal maʼlumotlariga ko‘ra, Olimovga tegishli aksiyalarning 50 foizi Niderlandiyada ro‘yxatda o‘tgan Bekamin B.V kompaniyasi tasarrufiga o‘tgan. 

 

2025-yil uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra Anor bank Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi reytingida O‘zbekistondagi eng faol moliya institutlari orasida oltinchi o‘rinni egallagandi va avvalgi davrga nisbatan bir pog‘ona pastlagan. Oktabr boshiga kelib bankning sof foydasi 235,9 mlrd so‘mni, jami aktivlari esa 13,5 trln so‘mni tashkil qilgan. 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning Le Monde gazetasi 2025-yil yozida Olimov Parijda o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar bergan edi. Gazetaning yozishicha,  Olimov  Nitssa yaqinidagi villada zo‘ravonlik bilan ushlab turilgan, qiynoqqa solingan va 10 mln dollar tovon puli talab qilingan, qisman to‘lovdan so‘ng ozod etilgan. 

 

Biroq keyinchalik The Insider va L‘Express nashrlari qo‘shma surishtiruvida ushbu voqea sahnalashtirilgan bo‘lishi mumkinligini bildiruvchi surishtiruv materialni eʼlon qildi. Jurnalistlar “o‘g‘irlash” qarz majburiyatlaridan qochish uchun uyushtirilgan bo‘lishi ehtimolini ilgari surdi. 

 

Surishtiruvda ko‘rsatmalardagi nomuvofiqliklar, “o‘g‘irlovchi” bilan yozishmalarning do‘stona ohangi va “ozodlikdan so‘ng” yo‘l chiptasining ayblanuvchi haydovchisi kartasi orqali to‘langani keltirildi. OAV taxminiga ko‘ra, sahnalashtirishdan maqsad aktivlarni legallashtirish va siyosiy boshpana olish bo‘lgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Olimovning Anor bankdagi aksiyalarining 50 foizi niderlandiyalik investor tasarrufiga o‘tib ketdi | Zamon.uz