O'zbekiston

Samarqandda ayol tug‘uruqxona oldida chaqalog‘ini dunyoga keltirib, hojatxonaning chiqindi qutisiga tashlab ketdi

Ayolning qilmishi kuzatuv kameralari orqali aniqlanib, holatga aniqlik kiritildi.

Samarqandda ayol tug‘uruqxona oldida chaqalog‘ini dunyoga keltirib, hojatxonaning chiqindi qutisiga tashlab ketdi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida ayol tug‘ruqxona oldida chaqalog‘ini dunyoga keltirib, hojatxonaning chiqindi qutisiga tashlab ketdi. Bu haqida Zamon.uz manbasi xabar bermoqda.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, voqea viloyatning Payariq tumanida sodir bo‘lgan. Ayol farzandini tug‘ruqxona yonida dunyoga keltirib, hojatxona chiqindisiga tashlab ketgan.

 

Ayolning qilmishi kuzatuv kameralari orqali aniqlanib, holatga aniqlik kiritilgan. Chaqaloq esa o‘lik holda topilgan.

 

Zamon.uz holatga oydinlik kiritish maqsadida Samarqand viloyat IIB axborot xizmati bilan ham bog‘landi. IIBga ko‘ra, ayni paytda bu bo‘yicha ekspertiza tayinlangan. Bolaning tirik tug‘ilgani yoki homila nobud bo‘lib keyin tug‘ilganligi aniqlanganidan so‘ng jinoyat ishi masalasi hal etiladi.

 

“Ekspertiza xulosasi eʼlon qilinganidan so‘ng qo‘shimcha maʼlumot maʼlumot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.

 

Zamon.uz tez orada voqea yuzasidan batafsil reportajni eʼlon qiladi.

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuhrat Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash va oliy darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

16 yoshli o‘quvchi onasiga tegishli Cobalt’ni haydovchilik huquqisiz boshqarib, yoritish ustuniga urilgan.

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

O‘zbekistonda ichki aviaqatnovlar tariflari qayta ko‘rib chiqildi.

Toshkentda qarzdorlik sabab MALIBU-2 xatlandi

Toshkentda qarzdorlik sabab MALIBU-2 xatlandi

Ayni paytda transport vositasi onlayn-auksion savdolariga chiqarilmoqda.

Sirdaryoda qarzdor mashinalarga qarshi reyd o‘tkazilmoqda

Sirdaryoda qarzdor mashinalarga qarshi reyd o‘tkazilmoqda

2026 yil mobaynida o‘tkazilgan mazkur reyd tadbirlari davomida qarzdorlarga tegishli 416 ta avtotransport vositalari jarima maydonlariga joylashtirilgan.

Toshkentda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer MIB orqali bo‘shatildi

Toshkentda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer MIB orqali bo‘shatildi

Ijro harakatlari davomida qurilma majburiy tartibda buzilib, sud hujjati talabi amalda bajarildi.

9 ta viloyatda sel xavfi bor: fuqarolardan ehtiyotkorlik so‘raldi

9 ta viloyatda sel xavfi bor: fuqarolardan ehtiyotkorlik so‘raldi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.