YHXBga haqoratli murojaat yöllandi: ikki haydovçi 5 sutkaga qamaldi
Jarimalardan norozi bölgan ikki andijonlik haydovçi YHXBning elektron murojaatlar tizimida haqoratli izohlar qoldirgani uçun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Andijon viloyatida Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasining elektron murojaatlar tizimiga haqoratli sözlar bilan murojaat qoldirgan ikki fuqaro 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, fuqarolardan biri 19-noyabr kuni Xöjaobod tumanida svetoforning qizil çiroğida harakatlangani uçun jarimaga tortilgan. Bundan norozi bölgan haydovçi şikoyat bölimiga haqoratli sözlar bilan izoh qoldirgan. Şundan söng u YHXB xodimlari tomonidan çaqirtirilib, unga nisbatan qonuniy çora körilgan.
Ikkinçi fuqaro esa tezlikni oşirgani uçun jarimaga tortilgan. U ham bundan noroziligini haqoratli sözlar bilan ifodalab, elektron murojaat tizimida odob-axloq me’yorlariga zid izoh qoldirgan.
Viloyat YHXB ma’lumotiga köra, bunday murojaatlar örganilib, huquqbuzarlar aniqlanadi. Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddalari asosida hujjatlar rasmiylaştirilib, sudga yuboriladi.
Sud qarori bilan har ikki fuqaroga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.








