Umumiy ovqatlaniş korxonalari savdosi oşdi: tovar aylanmasi 229,7 trln sömga yetdi
2026-yil 1-oktyabr holatiga mamlakatda umumiy ovqatlaniş sohasida 30 888 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistondagi umumiy ovqatlaniş korxonalarining tovar aylanmasi ötgan yilning mos davriga nisbatan 23,5 foizga oşdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi ma’lum qildi.
Qömita ma’lumotlariga köra, 2026-yil 1-oktyabr holatiga mamlakatda umumiy ovqatlaniş sohasida 30 888 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ularning 148 tasi yirik korxonalar, 30 740 tasi esa kiçik korxona va mikrofirmalardir.
Hisobot davrida sohadagi korxonalar tovar aylanmasi 229,7 trln sömni taşkil etgan. Uşbu körsatkiçning 77,2 foizi kiçik tadbirkorlik subyektlari, 22,8 foizi esa yirik korxonalar hissasiga töğri kelgan.








