O'zbekiston

Toshkentda halok bo‘lgan YPX inspektorining oilasi davlat muhofazasiga olinadi

Mirobod tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan YPX xodimi yuqori tezlikda harakatlangan transport vositasi tomonidan urib yuborilgan edi.

Toshkentda halok bo‘lgan YPX inspektorining oilasi davlat muhofazasiga olinadi

 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l-patrul xizmati inspektori, kichik serjant Hosilbek Eshnazarovning vafoti yuzasidan rasmiy bayonot eʼlon qilindi. Unda marhum xodimning oila aʼzolari davlat muhofazasiga olinishi maʼlum qilindi.

 

Hosilbek Eshnazarov 2022-yildan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelgan. Dastlab Yashnobod tumanida faoliyat boshlagan, 2024-yildan patrul-post xizmatida ishlagan. 2025-yildan esa Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l-patrul xizmati inspektori sifatida xizmatga safarbar etilgan.

 

Xizmat faoliyati davomida u huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda harakat xavfsizligini taʼminlash borasida faol ishtirok etgan. Yuzlab yirik va ommaviy tadbirlarda jamoat xavfsizligini taʼminlashda qatnashgan.

 

Faoliyati davomida 1392 ta huquqbuzarlikni aniqlagan bo‘lib, shundan 324 tasi qo‘pol qoidabuzarlikni tashkil etadi. 14 nafar mast haydovchining harakatiga chek qo‘ygan. Shuningdek, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish, hujjatsiz transport vositasini boshqarish hamda svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmaslik bilan bog‘liq 52 ta holatni aniqlab, qonuniy choralar ko‘rilishini taʼminlagan.

 

Joriy yil 25-fevral kuni tungi xizmat vaqtida Mirobod tumani Nukus ko‘chasida BVM rusumli avtomashinani olib qochib, yuqori tezlikda harakatlangan voyaga yetmagan shaxs tomonidan urib yuborilgan. Oqibatda Hosilbek Eshnazarov og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan. Marhum 33 yoshda bo‘lib, ikki qiz va bir o‘g‘ilning otasi edi.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi hamda 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Rasmiy bayonotda taʼkidlanishicha, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimning oila aʼzolari davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi va qonunchilikda belgilangan tartibda ijtimoiy himoya choralari ko‘riladi.

custom img

O‘zbekiston va Qirg‘iziston turizm sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar o‘zaro turistlar oqimini oshirish, qo‘shma turistik yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish hamda turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

custom img

Toshkent–Nurafshon yo‘lining bir qismi 21 iyulgacha yopiladi

Cheklov yangi qurilayotgan ko‘prikdan boshlanib, O‘rta Chirchiq tumanidagi Avangard aholi yashash hududigacha bo‘lgan masofani qamrab oladi.

custom img

Salomatligingiz va tabiatni asrang: Ekologiya qo‘mitasi muhim ogohlantirish bilan chiqdi

Havo harorati ayrim hududlarda 48 darajagacha ko‘tarilishi kutilayotgani sababli qo‘mita fuqarolarni o‘z salomatligi, daraxtlar va hayvonot dunyosini asrashga chaqirdi.

custom img

Afg‘oniston vazirligi O‘zbekiston haqidagi bahsli bayonotlarni rad etdi — TIV

Avvalroq fazilatlarni targ‘ib qilish va yomonliklarning oldini olish vazirining O‘zbekistonda Islom faqat nomigagina qolganini aytgani haqida xabar tarqalgandi.

custom img

Farg‘onada kuchli zilzila bo‘ladimi?

Farg‘ona vodiysida yaqin kunlarda kuchli zilzila sodir bo‘lishi haqidagi xabarlarga O‘zR Fa oydinlik kiritdi.

custom img

Eng faol 200 ta mahallaga 2 milliard so‘mdan mukofot beriladi

Yangi tashabbuslar hisobiga mahallalar budjetiga tushum joriy yilda 1,6 trillion so‘mga, kelasi yildan esa 2 trillion so‘mga yetkaziladi.

custom img

Mahallalardagi sustkashlik uchun 152 nafar rahbar ishdan olindi

Prezident yig‘ilishida 960 ta kambag‘al oila yashaydigan 32 ta mahallada birorta ham ehtiyojmand fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanmagani tanqid qilindi.

custom img

Mahalla raislariga yerlarni auksionga chiqarish vakolati beriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, mahalla raislari xususiy bog‘cha, maktab, klinika va sport inshootlari qurish uchun yerlarni auksionga chiqarish vakolatiga ega bo‘ladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"