Jahon

Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etgani fonida neft narxlari ko‘tarildi

Brent markali neftning fyucherslari 2 foizga oshdi.

Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etgani fonida neft narxlari ko‘tarildi

Eron va AQSh-Isroil o‘rtasidagi mojaro fonida neft narxlari keskin oshmoqda. Bu haqda Al Jazeera xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, xalqaro etalon bo‘lgan Brent markali neftning fyucherslari deyarli 2 foizga ko‘tarilib, bir barrel uchun 104 dollardan oshdi.

 

Bunga Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi davlat televideniyesiga bergan intervyusida Tehron hozircha AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara olib bormayotganini ma’lum qilgani sabab bo‘ldi. 

 

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH va Eron Yaqin Sharqda to‘liq va umumiy nizolarni hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazganini ma'lum qilganidan so'ng Brent markali neft 13 foizga tushib, 96 dollarni tashkil qilgan edi.

 

Shu bilan birga, Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt Eronni harbiy mag‘lubiyatni qabul qilmasa, yanada qattiqroq zarba bilan ogohlantirdi.

 

Biroq Abbos Aroqchi Eronga muzokara taklif etilayotgani AQShning mag‘lubiyatni tan olganidan darak berishini bildirgan.

 

Mojaro natijasida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi deyarli yopildi, natijada global neft yetkazib berishining beshdan bir qismini ta’minlaydigan yo‘l cheklandi. Energiya narxlari so‘nggi haftalarda 40 foizdan oshdi, ko‘plab mamlakatlar yonilg‘i taqsimoti va energiya tejash choralarini joriy etdi.

 

Maritime razvedka firmasi Windward ma’lumotlariga ko‘ra, mojaro boshlanishidan oldin bo‘g‘ozdan kundalik 120 ta kema o‘tgan bo‘lsa, seshanba kuni atigi 4 kema tranzit qilgan. Bozor kuzatuvchilari kemalar bo‘g‘ozdan erkin o‘tishini ta’minlaguncha narxlar oshishda davom etishini aytmoqda.

 

Osiyo fond bozorlari ham pasayish bilan ochildi: Yaponiya Nikkei 225, Janubiy Koreya KOSPI va Gonkong Hang Seng indeksi zarar ko‘rdi.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etgani fonida neft narxlari ko‘tarildi | Zamon.uz