Sport

O‘zbekiston Venesuelani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi

Shu tariqa jamoa FIFA Series g‘olibiga aylandi.

O‘zbekiston Venesuelani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi

Bugun, 30-mart kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston va Venesuela o‘rtasida futbol bahsi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda O‘zbekiston jamoasi Venesuelani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi. Asosiy vaqt 0:0 hisobida tugadi. Undan keyingi penaltilar seriyasida beshala futbolchi zarbani aniq amalga oshirdi. Raqiblarning bitta zarbasini esa Abduvohid Neʼmatov qaytardi.

 

Shunday qilib, O‘zbekiston 5:4 hisobida zafar quchib, yana bir kichik turnir g‘olibiga aylandi. "FIFA Series-2026" turniri o‘z nihoyasiga yetdi.

 

Har ikki jamoa birinchi turda g‘alaba qozongani sababli, mazkur bellashuvda g‘alaba qozongan jamoa turnir golibi deb topildi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, o‘yinlar durang natija bilan yakunlansa, penaltilar seriyasi tashkil etilishi belgilangan.

 

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

custom img

Sindorov — Karlsen: bugun shaxmat olamida katta to‘qnashuv

Sindorov yetakchiligidagi “FYERS American Gambits” jamoasi bugun Magnus Karlsen sardorligidagi “Alpine APL Pipers”ga qarshi bahs olib boradi.

custom img

Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbolchi otasi Xorxe Messining vafotidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarori qat’iylashganini bildirdi.

custom img

US Open: Kamilla Rahimova dunyoning 29-raketkasini mag‘lub etdi

Teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi set 7:6 hisobida Rahimovaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

custom img

O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Kumush medal Germaniya, bronza medal AQSH terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"