O'zbekiston

"Akamning shuncha yil yig‘gan obro‘siga putur yetkazdim"

PPX xodimiga musht tushirgan haydovchi uzr so‘radi.

"Akamning shuncha yil yig‘gan obro‘siga putur yetkazdim"

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida PPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchi qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, barchadan kechirim so‘radi. 

 

Avvalroq Toshkent shahrida mast holda avtomobil boshqarib, yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lgan fuqaroning IIO xodimiga qarshilik ko‘rsatib qo‘l ko‘targani haqida xabar berilgandi. 

 

Mazkur voqeadan so‘ng PPX xodimiga qo‘l ko‘targan haydovchining ichki ishlar tizimida ishlovchi akasi voqeaga aralashishga uringani uchun ishdan olingan.

 

“Spirtli ichimlik iste’mol qilganim sababli gap talashdik. Keyin shu post-patrul xizmatlari xodimlari yetib kelib, o‘zaro janjallashib qoldik. Shundan so‘ng kayfda qo‘l ko‘tarib yubordim. Qilgan ishimdan mingdan ming afsusdaman, kechirishlaringizni so‘rayman. Barchadan uzr so‘rayman. Transport hodisasi sodir qilib qo‘yganimda, meni deb boshqalar jabr ko‘rishi mumkin edi. Akamning ham shuncha yil ishlab, yig‘gan obro‘siga putur yetkazib qo‘ydim. Hammasiga o‘sha spirtli ichimlik sababchi ekan. Bu hol boshqa qaytarilmaydi. Qilgan ishimdan pushaymonman”, degan Sherzod Pardayev.

 

Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, 30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumanida Malibu va Leapmotor rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv yuz bergan. Voqea haqda Leapmotor haydovchisi xabar bergach, YPX hodimlari hodisa joyiga yetib kelgan.

 

 YPX xodimlari Malibu haydovchisini alkotester orqali tekshiruvdan o‘tkazmoqchi bo‘lganda haydovchi xodimlarga qarshilik ko‘rsatib ulardan birining yuziga ikki marta musht tushirgan.

 

Shundan so‘ng xodimlar o‘zlari va atrofdagilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida maxsus vositalar qo‘llab, uni zararsizlantirgan.

 

Keyin esa haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi hamda 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qo‘lga olingan. Tergov davom etmoqda.

 

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

"Akamning shuncha yil yig‘gan obro‘siga putur yetkazdim" | Zamon.uz