Iqtisodiyot

Xitoy iqtisodiyoti AQSH iqtisodiyotini quvib o‘toladimi?

XVJ Xitoy AQSh iqtisodiyotini quvib o‘tishini prognoz qilgan edi. Lekin bugungi kunga kelib ikki mamlakat iqtisodiyoti o‘rtasidagi farq kengayib bormoqda.

Xitoy iqtisodiyoti AQSH iqtisodiyotini quvib o‘toladimi?

2014-yilda Xalqaro valyuta jamg‘armasi Xitoy AQSh iqtisodiyotini quvib o‘tishini prognoz qilgan edi. Lekin bugungi kunga kelib ikki mamlakat iqtisodiyoti o‘rtasidagi farq qisqarishni o‘rniga tafovut ortib bormoqda. Mazkur jarayonlarga qanday omillar sabab bo‘lishi haqida iqtisodchi Mirkomil Xolboyev o‘zining Telegram-kanalida yozdi. Quyida iqtisodchining maqolasi keltiriladi.

 

2010-yillarda Xitoy AQSH iqtisodiyotini qachon quvib o‘tishi bo‘yicha prognozlar doimiy muhokama mavzusiga aylangan edi. 2014-yildagi XVJ prognozlarida 2019-yilga borib Xitoy AQSH iqtisodiyotini quvib o‘tishini prognoz qilgan. Lekin 2026-yilga kelib bu mavzu aktualligini yo‘qotgandek go‘yo. 2025-yilda AQSH iqtisodiyotining nominal hajmi 30,8 trln dollarga yetgan bo‘lsa, Xitoy iqtisodiyoti 20 trln dollarni tashkil etgan. Shuningdek, Xitoy iqtisodiyotining AQSHga nisbatan ulushi ketma-ket to‘rtinchi yil pasaymoqda. 2021-yilda Xitoyning AQSH iqtisodiyotiga nisbatan ulushi 76,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatkich 63,8 foizgacha pasaygan.

 

 

Xo‘sh, farqning qisqarishi emas balki kengayishi qaysi omillar bilan izohlanadi?

 

Real iqtisodiy o‘sish, 30-yildan ko‘proq yuqori sur’atlarda o‘sgan Xitoy iqtisodiyoti 2010-yillarning ikkinchi yarmida sekinlashishni boshladi. 1980-2011-yillarda Xitoyda o‘rtacha real o‘sish 10,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2011-2025-yillarda o‘rtacha o‘sish 6,3 foizgacha, Pandemiyadan keyingi davrda esa 5,4 foizgacha sekinlashdi. Ya’ni Xitoyda real iqtisodiy o‘sish sekinlashmoqda. Aholining absolyut qisqarishi va qarishi fonida esa kelajakda ham sekinlashib borishi kutilmoqda.

 

AQSHda esa pandemiyadan keyingi davrda real iqtisodiy o‘sish biroz tezlashdi.  Pandemiyadan oldingi 5-yilda o‘rtacha o‘sish 2,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, pandemiyadan keyingi davrda o‘sish 3,3 foizgacha tezlashgan.

 

Xitoyda real iqtisodiy o‘sish sekinlashgan hamda AQSHda tezlashgan bo‘lishiga qaramasdan Xitoy AQSHdan tezroq o‘sishda davom etmoqda. Real ko‘rsatkichlarda Xitoy tezroq o‘sayotgan bo‘lishiga qaramasdan AQSH bilan farqning kengayib borayotganligi AQSHdagi inflyatsiya va Xitoydagi valyuta siyosati bilan izohlanadi.

 

Pandemiyadan keyingi davrda taklif zanjiridagi uzilishlar, yuqori fiskal xarajatlar rivojlangan davlatlarda inflyatsiyaning so‘ngi 40-50-yilda ko‘rilmagan yuqori darajaga yetishiga olib keldi. 2022-yildan keyingi davrda esa Rossiya-Ukraina urushi  inflyatsiya bilan vaziyatni yanada yomonlashtirdi. 

 

Pandemiyadan keyingi davrda AQSHda narxlar darajasi  24 foizga oshgan, taqqoslash uchun pandemiyadan oldingi mos davrda narxlar darajasi 9,4 foizga oshgan xolos ( bu davrlarda o‘rtacha inflyatsiya 1,8 foizdan 4,5 foizgacha tezlashgan). Inflyatsiyaning tezlashishi esa o‘z navbatida AQSHda nominal YAIMning o‘sishini tezlashtirdi. Masalan, pandemiyadan keyingi davrda  o‘rtacha nominal o‘sish 7,6 foizga yetdi (pandemiyadan oldin 4,6 foiz).

 

Xitoy esa uzoq yillarda buyon arzon yuan siyosatini yuritib keladi. Ba’zi hisob-kitoblarlarga ko‘ra yuanning real kursi fundamental qiymatidan 20-30 foiz atrofida past ushlab turilibdi. Bu esa nominal kursning ham asl holatiga nisbatan past shakllanishiga olib keladi hamda boshqaruv vaqti-vaqti bilan yuanni qadrsizlantirish siyosatini olib boradi (eksportni rag‘batlantirish uchun). Masalan, 2022-yilda yuan dollarga nisbatan 4,3 foizga, 2023-yilda 5,2 foizga, 2024-yilda  esa 1,6 foizga qadrsizlangan. O‘z navbatida yuanning qadrsizlanishi dollardagi nominal YAIMning o‘sishini sekinlashtiradi. Ayni valyuta kursi nisbatan yuqori qadrsizlangan 2022-yilda dollardagi YAIM 0,8 foizga (real o‘sish 3,1 foiz),2023-yilda 0,2 foizga (real o‘sish 5,4 foiz), 2024-yilda esa 3,1 foizga (real o‘sish 5 foiz) o‘sgan. Ya’ni yuanning qadrsizlanishi real o‘sish yuqori shakllanganligiga qaramasdan dollardagi nominal YAIMning sekinroq o‘sishiga olib kelgan.

 

Yuqoridagi omillar Xitoy hamda AQSH iqtisodiyoti o‘rtasidagi farqning kengayishiga olib keldi. Hozirgi tendensiya bilan esa Xitoy umuman AQSHni quyib yetolmasligi mumkin. Chunki aholining qisqarishi, o‘sishning sekinlashishi, arzon yuan siyosati nominal YAIMning kelajakda yuqori o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. 

 

Xuddi 1980-yillardagi Yaponiya kabi 2010-yillarda Xitoy AQSHni qachon quvib o‘tadi degan fikr va mulohazalar ham 2026-yilga kelib o‘z aktualligini to‘liq yo‘qotgandek.

 

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"