Eron urushda yutqazsa, O‘zbekistonga qanday taʼsir qiladi?
Eron va AQSH o‘rtasida qabul qilingan 14 kunlik otashkesimni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga qaramay. Isroil Livanga qarshi hujum boshlagan edi. AQSH rasmiylari kelishuvda Livan masalasi tilgan olinmaganini daʼvo qilmoqda. Ammo ikki mamlakat o‘rtasida vositachi rolini o‘ynagan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Livan kelishuvda borligini aytmoqda. Xo‘sh, aslida vaziyat qanday, Eron bu borada qanday fikrda. Urush vaqtida Eron o‘zbekistonlik tadbirkorlarni himoya qiladimi? Shu kabi mavzularda Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan suhbatlashdik.

(Zamon.uz jurnalisti Shohjahon Majidov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan muhim mavzularda intervyu tashkil qildi. Biz sizlarga quyida intervyuning oddiy matnini keltiramiz).
Jurnalist: Eron tomonidan berilgan 10 bandlik muzokara rejasida Livan tilga olingani haqida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif eʼlon qildi. Ammo AQSH Tomoni nega buni tan olmayapti? Tramp buni AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokara ekanligini aytmoqda.
Aytib o‘tganimizdek, Netanyaxuning sudi bor. U sudda korrupsiya ishi bo‘yicha ayblanyapti. Netanyaxu xuddi mana shu suddan qochib qolish maqsadida hujumlarni davom ettirib, shu orqali bu masalani keyinga qoldirmoqchi. Bundan tashqari, Netanyaxu Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro jinoyat sudi tomonidan ham harbiy jinoyatchi sifatida tan olingan. Va hozir uning holati shundan iboratki, u o‘zini qamoqxona panjaralari ortida deb tasavvur qilyapti.
Keyingi masala shuki, Isroilning o‘zi katta bir jinoyat natijasi o‘laroq shakllangan davlat. Jinoyat Isroil davlati siyosatining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Bu yangilik emas. Bu rejim tashkil topganidan buyon shu kunga qadar o‘zgarmagan O‘tgan davr mobaynida u qilinishi mumkin bo‘lgan barcha jinoyatlarni sodir etgan. Ular tinch aholini, qisqa muddat ichida 70 000 nafardan ortiq falastinlikni o‘ldirdi. Ularning 85 foizi bolalar, ayollar va qariyalar edi. Ular odamlarni o‘ldirishadi va bu qotillikni o‘zlarining ideologiyasining bir qismi deb hisoblashadi. Ularga farqi yo‘q.
Bu odamlar Livanda Falastinda yoki Suriyada bo‘ladimi, ahamiyati yo‘q. Agar qo‘lidan kelsa, hatto Yevropada ham o‘ldiradi, Amerikada ham o‘ldiradi. Lekin bu to‘xtatilishi kerak. Yo Amerika buni to‘xtata oladi, yoki biz ham qarshilik ko‘rsatishda davom etamiz.
Demak, bu o‘t ochishni to‘xtatishga Livan ham kirgan edi. Pokiston ham vositachi sifatida Livan 10 bandlik o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvda borligini tasdiqladi.
Biz ham ogohlantirdik: agar, o‘sha qarshilik ko‘rsatish harakati kuchlariga qarshi hujumlaringizni davom ettirsangiz, biz ham o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidan chiqamiz, deb.Biz 10 bandlik reja bo‘yicha majburiyatlarga amal qilingangandagina, muzokarani davom ettirishimiz mumkinligini aytdik.
Hozir axboriy urushlar avj olmoqda. AQSH va G‘arbning qarib 2 asrga yaqin medialari bor. Eron qaysidir maʼnoda bu axboriy hujumda yutqazyapti. Eron bundan keyingi axboriy hujumlarga qanday javob beradi? Yangi media tuzadimi yoki borlarini rivojlantiradimi? Chunki Eronda hozir mavjud bo‘lgan medialari blokda.
Agar siz haqiqat va adolat tarafda bo‘lsangiz Xudoning o‘zi yordam beradi. Sen harakatingni qil, men barakasini beraman, deydi. Biz milliardlab dollar pul tiksam ham Amerikaning media imperiyasini qulata olmaymiz. Lekin, o‘sha xalqning adolatini o‘rtaga olib kelishimiz mumkin va albatta, bu muvaffaqiyatga olib boradi. Masalan, Amerikada to‘qqiz million odam eʼtiroz bildirib chiqdi. Bugun Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida Amerika Qo‘shma Shtatlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tyapti. Bugungi kunga kelib, Amerika Qo‘shma Shtatlarining axborot imperiyasi uning talablariga javob bermay qo‘yyapti. Yaʼni, xalqlar ko‘proq xabardor bo‘lib boryapti.
Hozir ijtimoiy tarmoqlar xalqning qo‘lida. Yaʼni, qanaqa axborotni tanlash haqida xalqning o‘zi hozir qaror qabul qilyapti. Hozirgi odamlar, osonlikcha aldanmaydi. Xudo bizga agar yordam beradigan bo‘lsa, ularning o‘zlari qurgan, bizga qarshi kurashish uchun yasagan axborot imperiyasi, axborot resurslari ularning o‘ziga qarshi ishlay boshlashi mumkin.
Bizda bir sheʼr bor: Xudo xohlasa, dushman ham yaxshilikka sabab bo‘lib qolishi mumkin. Yaʼni, ijtimoiy tarmoqlar dunyo bo‘yicha Eronning foydasiga ishlayapti. Islomning foydasiga, adolat foydasiga ishlayapti. Hozir dunyoda hech kim bunga rozi bo‘lmaydi. Urushning birinchi kuni bolalar o‘qiyotgan maktabga bomba tashlashdi. Dunyodagi xalqlar buni qabul qilmaydi.
G‘azo sektoridagi aholining jon boshiga 60 kilogrammdan bomba tashlangan. Bunga hozir dunyoda hech kim rozi bo‘lmaydi. Buni to‘g‘ri deb hisoblamaydi. Shuning uchun hatto Fox News nashri biror targ‘ibot materialini bersa ham, bunga hech kim ishonmaydi.
Hozir dunyoning barcha mintaqalarida, barcha nuqtalarida, hatto eng uzoq qishloqlardagi odamlar ham Instagramga kirib turib, haqiqatni bilib olishi mumkin.
Urush vaqtida Eron va uning hamkorlari bilan iqtisodiy imkoniyatlari cheklandi. O‘zbekiston bilan vaziyat hozir qanday? O‘zbekiston tadbirkorlari hali ham Eron portlaridan foydalanyaptimi? Agar urush Eron xohlaganidek yakunlanmasa mamlakat iqtisodiy hamkorlariga qanday imkoniyatlarni bera oladi yoki qanday imkoniyatlarini cheklaydi.
O‘zbekiston va Eron iqtisodiyotlari bular bir-birini to‘ldiruvchi iqtisodlar hisoblanadi. Yaʼni bizga kerak bo‘lgan narsalarning hammasi sizda bor. Shuningdek, O‘zbekistonda bo‘lmagan va O‘zbekistonga kerak bo‘lgan narsalarning hammasi bizda bor.
Baxtimizga, bizning o‘rtamizda iqtisodiy raqobat yo‘q. Masalan, sizlarga konchilik xomashyolari kerak, u bizda bor. Mana sizga neft kerak, bizda bor. Yoki, masalan, O‘zbekistonga temir mahsulotlari kerak, u bizda bor. Yoki bizda dukkakli ekin mahsulotlariga ehtiyoj katta, bu sizlarda bor. Bundan tashqari sizlarda, paxta kalavasi bor, o‘sha ipak bor, to‘qimachilik mahsulotlari bor. Bularning hammasi Eron uchun kerakli narsalar.
Bundan keyingi masala shuki, O‘zbekiston rahbariyati ham, Eron rahbariyati ham iqtisodiy hamkorlikdan manfaatdor, buni bo‘lishini xohlashadi. Keyin yana bir masala, O‘zbekiston va Eronning xos mutasaddilari doimiy aloqada. Yaʼni, rahbariyat, kompaniyalar, tadbirkorlar hamisha bordi-keldi va oldi-berdini amalga oshirib turishibdi.
Xuddi shu sababli ham Eron bugungi kunda O‘zbekistonning 17-tashqi savdo sherigi hisoblanadi. Albatta, reallikda bundan yuqoriroq o‘rinni egallaydi. Ayrim xalqaro muammolar tufayli, Erondan kelayotgan baʼzi tovarlar boshqa mamlakatniki deb ko‘rsatiladi. Bundan tashqari O‘zbekistonga kiritilgan investitsiyalar nuqtai nazaridan Eron O‘zbekistonning eng yirik investitsiyaviy sheriklari qatoriga kiradi.
Bir yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo ayirboshlash hajmi o‘rtacha 600 million AQSH dollarini tashkil etadi. Hozirgi kunda, O‘zbekistonda eronlik investorlar ishtirokida umumiy qiymati 700 million dollardan ortiq bo‘lgan qo‘shma investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilyapti.
Bundan tashqari, Eron va O‘zbekiston transport va tranzit sohasida ham bir-birini to‘ldiruvchi davlatlar hisoblanadi. O‘zbekiston orqali Eronning Markaziy Osiyo davlatlariga borishi taʼminlanadi, yaʼni O‘zbekiston orqali boradi va O‘zbekistonning Fors ko‘rfazi davlatlari va undan tashqariga, ochiq dengizga chiqishi uchun Eron asosiy yo‘lak hisoblanadi.
Albatta, urush o‘zining taʼsirini ko‘rsatadi. Hatto yomon taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Lekin bizning aloqalarimiz rivojlanib boryapti. O‘sha iqtisodiy sohada ham, boshqa sohalarda ham. Albatta, shunday bo‘lib qoladi. Chunki rahbariyatimiz, har ikkala davlat shuni xohlaydi.
Ikki yilga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorliklarni, savdo-iqtisodiy hamkorliklarni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolangan. Bu O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov janoblarining o‘tgan yili, may oyida Eron Islom Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida imzolandi. Ushbu yo‘l xaritasida har ikkala davlatning tegishli vazirliklari va idoralarining vazifalari aniq belgilab berilgan. Va biz Xudo xohlasa, belgilangan, imzolangan yo‘l xaritasi bandlarini, amalga oshirishdagi harakatimizni davom ettiramiz.
O‘zbekiston Respublikasi bilan do‘stona va birodarlarcha bo‘lgan munosabatimiz tufayli hatto urush vaqtlarda ham biz ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Hech qanday narxlarni ko‘tarmadik, aksincha baʼzi narsalarning qiymatini tushirdik. Mana shu vaziyat tufayli o‘zbekistonlik tadbirkorlarga qandaydir zarar yetadigan bo‘lsa biz u zararni qoplaymiz.
Biz shu paytgacha O‘zbekiston tadbirkorlaridan biror bir yomonlik ko‘rmadik, O‘zbekiston xalqidan ham yomonlik ko‘rmadik va O‘zbekiston hukumatidan ham. Ko‘rgan narsamiz faqatgina birodarlik bo‘ldi. Va ushbu birodarligimiz yana-da mustahkamlanadi, deb o‘ylaymiz.
Bundan bir yil oldin Eron elchixonasida tashkil qilingan matbuot anjumanida elchixona O‘zbekiston va Eron o‘rtasida sayohat vizalari ikki hafta ekanligi va vizasiz rejimni ko‘proq muddatga cho‘zish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan muzokaralar olib borayotgani haqida aytgan edi. Xo‘sh, hozir vaziyat qanday? Muzokara yakunlandimi?
Baxtimizga, turizm sohasida bizning aloqalarimiz juda ham yaxshi. Ilgari bordi-keldilar juda ham kam edi. O‘tgan yildan boshlab parvozlar, o‘zaro aviareyslar soni ko‘paydi. Mana hozir haftada ikkita Eron va O‘zbekiston o‘rtasida aviareys bor va ular hech qachon bo‘sh ketmayapti, to‘lib ketyapti. Biz uchinchi va to‘rtinchi aviareyslarni ham hafta ichida, bir haftada qo‘yish so‘rovini jo‘natdik.
Chunki o‘zaro turizmni rivojlantirish uchun imkoniyatlarimiz juda ham katta. Albatta, bizda bu yo‘nalish juda ham katta kuchga ega. Turizmning bir yo‘nalishi — bu tibbiy turizm. Aytaylik, dunyodagi mavjud kasalliklardan birortasi yo‘qki, Eronda davolanmasa. Yoki dunyoda amalga oshirilayotgan davolanishlardan birortasi yo‘qki, Erondan arzon bo‘lsa, yaʼni eng arzoni Eronda.
Hozirgi kunda, bir yilda faqatgina tibbiy turizm, yaʼni davolanish maqsadida Eronga tashrif buyuruvchi turistlarning soni 1 million nafarni tashkil etadi. Bu, albatta, birinchi navbatda yaxshi sifat va arzon narx uchun. Yaʼni biz ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlaymiz. Bundan tashqari, ikki mamlakat o‘rtasida turizm uchun yana bir muhim jihat — bu samolyotda borish va kelish juda ham arzon. Masalan, ikki yarim-uch soat o‘rtasida parvoz bir tomonga.
Mana bunday og‘ir vaziyatda davlatlar bir-biriga yordam berishi mumkin bo‘lgan sohalardan bittasi mana shu turizm hisoblanadi. Eronga kimki borib kelgan bo‘lsa, borib so‘rasangiz bo‘ladi. Ular mening umuman tasavvurim Eron to‘g‘risida o‘zgardi, ijobiy bo‘ldi, deb aytadi. Va ko‘pchilik biz shu paytgacha Eronga faqat Amerikaning ko‘zoynagi orqali qarab kelgan ekanmiz, deyishadi. Bu odamlarning ko‘ziga yangi, haqiqiy, real voqelikni ko‘rsatadigan ko‘zoynakni qo‘yib berish ommaviy axborot vositalarining vazifasi deb hisoblaymiz. Albatta, bu aloqalarda faqatgina yaxshilik bor va hech qanaqa xatar va yomon narsa yo‘q.
Vizasiz rejimni uzaytirishni ko‘rib chiqyaptimi?
Endi Eronga turistik maqsadda boradigan har bir kishi, O‘zbekiston fuqarosi, bir marta borganda ikki haftagacha bo‘lsa, vizasiz bo‘ladi. Va u bir yilda ikki marta bu imkoniyatdan foydalana oladi, yaʼni bir yilda ikki marta ikki haftadan bora oladi. Yaʼni bir yil davomida har bir O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda Eronga borib, umumiy hisobda 28 kun bir yil davomida tura oladi. Va bu turizm uchun juda ham yaxshi imkoniyat deb hisoblaymiz. Albatta, undan ham ko‘proq turishni istasa, biz unga viza beramiz. Ikki-uch kun davomida viza chiqariladi. Yaʼni o‘zbeklar uchun Eronga borish bo‘yicha hech qanaqa muammo yo‘q.








