Iqtisodiyot

Janubiy Koreyaning “Shinhan Bank”i O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Bank 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning moliyaviy regulyatorlariga ariza topshirib, kelasi yilning o‘zidayoq faoliyat boshlashni maqsad qilgan.

Janubiy Koreyaning “Shinhan Bank”i O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Janubiy Koreyaning “Shinhan Bank” banki Markaziy Osiyodagi muhim bozor sifatida O‘zbekistonga to‘liq kirib kelishni rejalamoqda. Bu haqda Pulse nashri xabar berdi

 

Ma’lum qilinishicha, bu tashabbus Shinhan Financial Group raisi Jin Ok-dongning ikkinchi muddatidagi ilk yirik global loyihalardan biri hisoblanadi. Kompaniya xorijiy kengayishni kelajakdagi asosiy o‘sish omili sifatida ko‘rmoqda.

 

Moliyaviy soha manbalariga ko‘ra, “Shinhan Bank” O‘zbekistonda mahalliy sho‘ba tashkil etish bo‘yicha ichki qarorni yakunlagan va joriy yilning birinchi yarmida mamlakat moliyaviy regulyatorlariga ariza topshirishni rejalashtirmoqda.

 

Tasdiqlangan taqdirda, bu bankning xorijdagi 11-sho‘basi bo‘ladi hamda yirik Janubiy Koreya tijorat banklari orasida O‘zbekistonda mahalliy tashkilot ochgan ilk holatga aylanadi.

 

Manbalarga ko‘ra, bank allaqachon mahalliy tartibga soluvchilar bilan muvofiqlashtirish ishlarini olib borgan va tayyorgarlikning katta qismi yakunlangan. 

 

Sanoat vakillaridan birining aytishicha, O‘zbekistondagi sho‘ba kelasi yilning o‘zidayoq to‘liq faoliyat boshlashi mumkin.

 

“Shinhan Bank”ning O‘zbekistonga kirish rejalari 17 yil avval boshlangan. Bank 2008-yilda Qozog‘istonda sho‘ba ochganidan so‘ng, 2009-yilda Toshkentda vakolatxona tashkil etgan.

 

2024-yilda bosh ofis xodimlari O‘zbekistonga yuborilib, mahalliy moliyaviy organlar bilan rasmiy muzokaralar boshlangan. Sho‘ba tashkil etish bo‘yicha kelishuv shakllana boshlagach, Jin Ok-dong o‘tgan yil aprel oyida O‘zbekistonga tashrif buyurib, ushbu masala hamda mamlakat moliyaviy tizimi bo‘yicha muzokaralar olib borgan.

 

Manbalar bank O‘zbekistonni yuqori o‘sish salohiyatiga ega bozor sifatida tanlaganini aytib, aholisi 37 million bo‘lgan va o‘rtacha yoshi 29 ni tashkil etuvchi mamlakat faol demografik tuzilishga ega bo‘lib, sanoatga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga tez o‘tayotganini bildirgan.

 

“Shinhan Bank” O‘zbekiston moliyaviy bozorini “boshlang‘ich kengayish bosqichi”da deb baholab, katta o‘sish imkoniyatlarini ko‘rmoqda. Shu bilan birga, taxminan 14 foizlik yuqori foiz stavkalari fonida kreditlash va valyuta operatsiyalariga talab ortib borayotganini qayd etmoqda.

 

“Vetnamdagi dastlabki kirishimiz kabi, bozor shakllanish bosqichida kirish uzoq muddatli raqobat ustunligini ta’minlaydi”, — dedi bank vakili.

 

Bank O‘zbekistondagi faoliyatini Qozog‘istondagi muvaffaqiyatli model asosida rivojlantirishni rejalashtirmoqda. U yerda dastlab koreys kompaniyalariga korporativ moliyalashtirishga e’tibor qaratilib, keyinchalik faoliyat mahalliy yirik kompaniyalar va ipoteka kreditlari asosida kengaytirilgan. Natijada Qozog‘iston Shinhan'ning global biznesida Vetnam va Yaponiya bilan bir qatorda uchta asosiy yo‘nalishdan biriga aylangan.

 

Sohadagi mutaxassislarning ta’kidlashicha, bank Qozog‘istondagi tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekistonga kirgach, ikki mamlakat o‘rtasida bog‘langan operatsiyalarni rivojlantirishi mumkin.

 

Shuningdek, Shinhan Bank O‘zbekistonda Shinhan Card bilan birgalikda kengayishni ko‘zda tutmoqda. Qozog‘istonda esa u Aster Auto bilan hamkorlikda avtomobil kreditlari bozorida faoliyat yuritib, ishlatilgan avtomobillarni moliyalashtirish segmentida o‘z o‘rnini mustahkamlagan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shinhan Financial Group o‘tgan yili global miqyosda soliqdan oldingi foyda bo‘yicha 1 trillion von (taxminan 682 million dollar) natijaga erishgan ilk koreys moliyaviy kompaniyasiga aylangan.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"