O'zbekiston

Toshkentda "Eco Expo Central Asia 2026" xalqaro ko‘rgazmasi taqdimoti o‘tkazildi

Diplomatik missiya vakillari ekologik islohotlar bilan tanishtirildi.

Toshkentda "Eco Expo Central Asia 2026" xalqaro ko‘rgazmasi taqdimoti o‘tkazildi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan Toshkentdagi Astronomiya parkida "Eco Expo Central Asia 2026" xalqaro ko‘rgazmasi taqdimoti o‘tkazildi. 

 

 

Ma’lum qilinishicha, taqdimotda xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchilari, diplomatik missiyalar vakillari, BMT, UNESCO, UNECEF, Xalqaro migratsiya tashkiloti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Global yashil o‘sish instituti, Fransiya taraqqiyot agentligi, Jahon banki, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN), Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi (CAREC) va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari hamda Ekologiya qo‘mitasi mas’ullari ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda nutq so‘zlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda Davlat rahbari tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan islohotlar faol amalga oshirilayotganligini ta’kidladi. 

 

Mamlakat o‘rmonlashtirish, toza havo, chiqindilarni boshqarish va bioxilma-xillikni asrash borasidagi keng ko‘lamli milliy dasturlar orqali yashil iqtisodiyot bo‘yicha mintaqaviy markaz sifatida o‘zini namoyon etayotganligi qayd etildi.

 

Rais, shuningdek, “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘rgazmasi sanoat tarmoqlari, moliya institutlari va xalqaro hamkorlarni birlashtirib, barqaror rivojlanish yechimlarini birgalikda ilgari surishga xizmat qiladigan amaliy xalqaro platformaga aylanishini ta’kidladi.

 

"Asosiy maqsadimiz aniq: g‘oyalar loyihalarga aylantiriladigan, hamkorliklar yo‘lga qo‘yiladigan va mintaqa yashil transformatsiyasini jadallashtiradigan platforma yaratish, — dedi Aziz Abduhakimov. — Ko‘rgazmada toza texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya, suvni tejash, yashil shaharlar, barqaror qishloq xo‘jaligi, chiqindilarni boshqarish, ekologik innovatsiyalar va iqlimga chidamlilik kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi. Shu bilan birga, hamkorlar o‘rtasida bevosita muloqot, kelishuvlar imzolanishi hamda investitsiya va moliyaviy imkoniyatlardan foydalanish ta’minlanadi".

 

Tadbir davomida mehmonlarga “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘rgazmasi taqdimoti namoyish etildi. Ko‘rgazmada 80 dan ortiq davlat, 10 000 dan ortiq malakali xaridorlar va ishtirokchilar, 500 dan ortiq eksponent va pavilyonlar hamda 2000 dan ortiq B2B va B2G uchrashuvlar o‘tkazilishi aytib o‘tildi. 

 

 

Qolaversa, ko‘rgazma ishtirokchi davlatlarga bozorga kirish va faoliyatini kengaytirish, milliy pavilyon orqali geosiyosiy nufuzni oshirish, global yashil texnologiyalar yetakchisi sifatida namoyon bo‘lish, har tomonlama manfaatli uchrashuvlar o‘tkazish va boshqa imkoniyatlar taqdim etishi qayd etildi.

 

Ma’lumot uchun, 2025-yilning 19–21-iyun kunlari Toshkent shahrida birinchi "Eco Expo Central Asia" ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tadbirda qariyb 3 000 ishtirokchi, jumladan, xalqaro va mahalliy hamkorlar hamda 40 ga yaqin yuqori darajadagi vakillar qatnashib, 120 dan ortiq kelishuv imzolandi. 

 

Bu mintaqada ekologik barqarorlik sohasida muloqot, innovatsiya va hamkorlikka bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini yaqqol ko‘rsatdi. "Eco Expo Central Asia 2026" ko‘rgazmasiga esa (2026-yil 31-maydan 5-iyungacha) Samarqand shahri mezbonlik qiladi. 

 

Ta’kidlanishicha, bu yilgi ko‘rgazmaning GEFning VIII Assambleyasi bilan bir vaqtda o‘tkazilishi global ahamiyatini yanada oshiradi hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

 

Taqdimot yakunida xorijiy davlatlarning ko‘rgazmada faol qatnashishi Markaziy Osiyo mintaqasi va undan tashqarida barqaror kelajakni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"