Jahon

Dengiz blokadasi bekor qilinsa, Eron bilan kelishuvga erishish qiyinlashadi — Tramp

AQSh prezidentiga ko‘ra, Eron Hormuz bo‘g‘ozi yopilgani sabab kuniga 500 million dollar daromad yo‘qotmoqda.

Dengiz blokadasi bekor qilinsa, Eron bilan kelishuvga erishish qiyinlashadi — Tramp

 

Donald Tramp Eron atrofidagi dengiz blokadasi bekor qilinadigan bo‘lsa, Tehron bilan kelishuvga erishish imkoniyati keskin kamayishini ma’lum qildi.

 

AQSh prezidenti bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bayonot bergan. Uning ta’kidlashicha, Eron Hormuz bo‘g‘ozining ochilishidan manfaatdor, chunki neft savdosidan katta daromad yo‘qotmoqda.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron bo‘g‘oz yopilishi sababli kuniga qariyb 500 million dollar miqdoridagi tushumdan mahrum bo‘lmoqda.

 

“Eron bo‘g‘oz ochilishini istamoqda. Agar blokada bekor qilinsa, ular bilan kelishuvga erishish ancha mushkul bo‘ladi”, — dedi AQSh prezidenti.

 

Shuningdek, u bosim choralarining saqlanib qolishi muzokaralarda muhim omil ekanini ta’kidlab, mavjud cheklovlar Tehronni muzokaralarga undayotgan asosiy vositalardan biri ekanini qayd etgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Eron bilan vaqtinchalik sulh muddatini uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qilinganini ma’lum qilgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Dengiz blokadasi bekor qilinsa, Eron bilan kelishuvga erishish qiyinlashadi — Tramp | Zamon.uz