O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivi bilan tanishdi

Massiv qurilishi uchun jami 1,8 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Hududda 25 ming nafar aholiga mo‘ljallangan yaxlit infratuzilma shakllantirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga tashrifi Qo‘qon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdan boshlandi. Bu haqda Prezident axborot xizmati xabar berdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, mamlakatda aholining yashash sharoitini yaxshilash, zamonaviy shaharsozlik andozalarini hududlarga olib kirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada joylarda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlari xalq farovonligini oshirishga qaratilgan yirik ijtimoiy loyihalardan biri bo‘lmoqda.

 

Qadimiy Qo‘qon shahrida qad rostlayotgan yangi massiv ham nafaqat uy-joy majmuasi, balki hududning iqtisodiy va ijtimoiy qiyofasini o‘zgartiruvchi zamonaviy markaz sifatida shakllanmoqda.

 

Qo‘qon azaldan aholi zich yashaydigan, tadbirkorlik rivojlangan shaharlardan biri. Shu bois, bu yerda turar joyga bo‘lgan talab yil sayin ortib bormoqda. Eskirgan infratuzilma va cheklangan yashash maydonlari shaharni yangi asosda kengaytirishni taqozo etmoqda.

 

Qayd etilishicha, Prezidentning ikki yil avval Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida bunyod etilayotgan mazkur massiv aynan shu ehtiyojga amaliy yechim bo‘lmoqda. Bu yerda oilalar zamonaviy va barcha qulayliklarga ega xonadonlar bilan ta’minlanmoqda.

 

 

Massivni barpo etish uchun jami 1 trillion 850 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Hududda 25 ming nafar aholi yashashiga mo‘ljallangan yaxlit infratuzilma shakllantirilmoqda. 84 ta ko‘p qavatli uy bilan birga zamonaviy maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, oliy o‘quv yurti, biznes va savdo markazlari hamda aholi dam olishi uchun bog‘lar barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

 

Bu ishlar yangi massiv aholisi uchun uyidan uzoqlashmagan holda ishlash, ta’lim olish, savdo va xizmatlardan foydalanish, mazmunli hordiq chiqarish imkoniyatini yaratadi.

 

 

Bugungi kunda loyihaning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi, 4 ming 394 ta xonadondan iborat 56 ta o‘n qavatli uy foydalanishga topshirildi. Tayyor ta’mirli xonadonlar aholiga 35 foizlik boshlang‘ich to‘lov asosida, yillik 16 foiz stavka bilan 20 yil muddatga berilmoqda.

 

 

Davlat rahbari yangi xonadonlardan biriga kirib, yaratilgan sharoitlar va jihozlanishi bilan tanishdi. Massivning ijtimoiy ahamiyatiga alohida to‘xtalib, bu yerda shakllanayotgan yangi muhit odamlarning dunyoqarashi, hayot sifati va turmush madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.

 

 

Farg‘onalik nuroniylar bilan samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Ular ijtimoiy davlat tamoyili asosida joylarda inson manfaatlari ta’minlanayotgani, zamonaviy ta’lim va tibbiyot muassasalari, obod mahallalar, yangi korxonalar va tadbirkorlik imkoniyatlari aholi hayotini o‘zgartirayotganini ta’kidladi. Nuroniylar bu ishlar yurtda to‘kinlik, farovonlik va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlayotganini aytib, davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi.

 

 

Shu yerning o‘zida Prezident “Yangi O‘zbekiston” massivining ikkinchi bosqichi hamda Qo‘qon shahrini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.