Sport

Eldor Shomurodovning ustozi Italiya jamoasi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda

Ranerining Rim klubidagi samarali faoliyati va katta murabbiylik tajribasi jamoa bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar qatorida ko‘rilishiga asos bo‘lmoqda.

Eldor Shomurodovning ustozi Italiya jamoasi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda

Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘ldan chiqargan Italiya terma jamoasining murabbiylar shtabida o‘zgarishlar amalga oshirildi, deb xabar bermoqda RomaPress — futbolga ixtisoslashgan mustaqil axborot portali.

 

Qizig‘i shundaki, 74 yoshli Klaudio Raneri 2025-yil yozida Italiya terma jamoasini boshqarish taklifini qabul qilmagan edi. O‘sha vaqtda u “Roma”da katta maslahatchi sifatida ishlayotgandi. 2026-yil aprel oyida mutaxassis Rim klubini tark etdi va hozirda hech qaysi jamoada faoliyat olib bormayapti.

 

“Italiya terma jamoasidan taklif tushganida rad javobini bergan edim, chunki o‘sha paytda ‘Roma’dagi vazifamni tark etishni istamagandim. Hozirda esa hech qanday majburiyatim yo‘q, shuning uchun bu variantni ko‘rib chiqish mumkin”, — dedi Klaudio Raneri Sky Sports’ga bergan izohida.

 

“Bilmayman. Agar sizni chaqirishsa, shunchaki ‘ha’ deb javob berish kifoya”, — dedi Klaudio Raneri.

 

Eslatib o‘tamiz, Klaudio Raneri o‘z faoliyati davomida “Yuventus”, “Inter”, “Roma” kabi Italiyaning yetakchi klublarini, shuningdek, Angliyaning “Lester Siti” jamoasini tarixiy chempionlikka olib chiqqan tajribali mutaxassis sifatida tanilgan. Uning boy tajribasi hozir og‘ir vaziyatga tushib qolgan Italiya terma jamoasi uchun muhim omil bo‘lishi mumkin.

 

Ma’lumot o‘rnida, Raneri 2024/25 mavsumda “Roma"da faoliyat olib borib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovga ham ustozlik qilgan. O‘sha mavsumda o‘zbekistonlik hujumchi 7 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirib, samarali o‘yin ko‘rsatgan edi.

 

Abdullayeva Shaxrizoda

 

 

 

 

 

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

custom img

Sindorov — Karlsen: bugun shaxmat olamida katta to‘qnashuv

Sindorov yetakchiligidagi “FYERS American Gambits” jamoasi bugun Magnus Karlsen sardorligidagi “Alpine APL Pipers”ga qarshi bahs olib boradi.

custom img

Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbolchi otasi Xorxe Messining vafotidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarori qat’iylashganini bildirdi.

custom img

US Open: Kamilla Rahimova dunyoning 29-raketkasini mag‘lub etdi

Teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi set 7:6 hisobida Rahimovaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

custom img

O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Kumush medal Germaniya, bronza medal AQSH terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"