Jahon

Putin Xitoyga rasmiy tashrif bilan bordi

Tashrif davomida bir qator sohalarda hamkorlikni qamrab oladigan qariyb 40 ta hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.

Putin Xitoyga rasmiy tashrif bilan bordi

Vladimir Putin Xitoy Xalq Respublikasi raisining taklifiga binoan Pekinga rasmiy tashrifini boshladi. Tashrif Rossiya–Xitoy o‘rtasidagi do‘stona qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaning 25 yilligi nishonlanayotgan davrga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Putinni aeroportda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I kutib oldi. U Xitoy siyosiy tizimida rais Si Szinpindan keyin eng taniqli siyosatchilardan biri sifatida tilga olinadi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tashrifning asosiy ish dasturi chorshanba, 20-may kuniga belgilangan. Dastur Rossiya delegatsiyasini Pekindagi markaziy maydonda tantanali kutib olish marosimi bilan boshlanadi.

 

Shundan so‘ng Xalq majlislari uyida Vladimir Putin va Si Szinpin o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi.

 

Tomonlar keng qamrovli sheriklik va strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga doir qo‘shma bayonotni imzolashi kutilmoqda. Shuningdek, sanoat, savdo, transport, qurilish, atom energetikasi, ta’lim, kino sohasi hamda axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlikni qamrab olgan qariyb 40 ta hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.

 

Uchrashuv yakunida yetakchilar OAV uchun bayonot berishi kutilmoqda. Shu kuni kechqurun Putin va Si Szinpin ta’lim sohasidagi Rossiya–Xitoy hamkorligi yillarining ochilish marosimida ishtirok etadi.

 

Shuningdek, Putin Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan bilan savdo-iqtisodiy masalalarni muhokama qiladi.

 

Tashrif dasturi Si Szinpin nomidan beriladigan rasmiy ziyofat va yetakchilar o‘rtasidagi norasmiy choy usti suhbat bilan yakunlanadi. Kreml ma’lumotiga ko‘ra, ushbu norasmiy uchrashuvda ikki davlat rahbarlari xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 13-15-may kunlari AQSH Prezidenti Donald Tramp ham Pekinga rasmiy tashrifini amalga oshirgan edi.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.