O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy raisiga hamdardlik yo‘lladi

Xitoydagi ko‘mir konida yuz bergan gaz portlashi oqibatida 90 kishi halok bo‘lgan.

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy raisiga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan XXR raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi.

 

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari vа yaqinlariga sabr-toqat tilab, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.

 

Provinsiyaning Qinyuan okrugida joylashgan “Lushenyu” ko‘mir konida yuz bergan gaz portlashi oqibatida 90 kishi halok bo‘ldi.

 

Hodisa 22-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:29 da sodir bo‘lgan. Portlash paytida kon hududida jami 247 nafar ishchi bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"