O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva kichik biznes uchun soliq sharoitlari yengillashtirilgani haqida yozdi

Saida Mirziyoyeva buning samarasini, eng avvalo, oilaviy korxonalar, kafelar, do‘konlar, xizmat ko‘rsatuvchilar, mamlakat iqtisodiyotini harakatga keltirayotgan minglab insonlar his qilishini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva kichik biznes uchun soliq sharoitlari yengillashtirilgani haqida yozdi

26-may kuni Prezidentning “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada kulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi” farmonni imzolandi. 

 

Ushbu farmon bilan kichik biznes uchun soddalashtirilgan soliq rejimi chegarasi 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga oshirilishi belgilandi.

 

Mazkur yangilik haqida Prezident administratsiyasi rahbari Telegram-kanalida yozdi.

 

Saida Mirziyoyeva kichik biznes uchun yaratilayotgan yangi yengilliklar ishbilarmon doiralar tomonidan iliq kutib olinayotganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, tadbirkorlar uzoq vaqtdan buyon QQS to‘lashga o‘tish uchun belgilangan 1 milliard so‘mlik chegara pastligi, soliq ma’muriyatchiligi murakkabligi, shuningdek, tekshiruv va hisobotlarning ko‘pligi yuzasidan murojaat qilib kelayotgan edi.

 

Qayd etilishicha, mazkur tartiblar ko‘plab tadbirkorlarni biznesni sun’iy ravishda bo‘lib yuritishga majbur qilgan.

 

“Buning samarasini, eng avvalo, oilaviy korxonalar, kafelar, do‘konlar, xizmat ko‘rsatuvchilar – bir so‘z bilan aytganda, o‘zining kundalik mehnati bilan mamlakatimiz iqtisodiyotini harakatga keltirayotgan minglab insonlar his qiladi”, — deya yozdi Mirziyoyeva.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.