Jahon

Rossiya va Xitoy uchun Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishda alohida sharoitlar saqlab qolinadi

Eron rasmiysi Rossiya va Xitoyni Tehronning eng yaqin hamkorlari sifatida tilga olib, bu davlatlar Eronni eng murakkab davrlarda ham qo‘llab-quvvatlab kelganini ta’kidladi.

Rossiya va Xitoy uchun Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishda alohida sharoitlar saqlab qolinadi

Eron parlamentining Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi rahbari Ibrohim Azizi Rossiya va Xitoy Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishda alohida yondashuv va qulay sharoitlardan foydalanishda davom etishini bildirdi. Bu haqda Ibrohim Azizi RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

“Biz uchun strategik ahamiyatga ega davlatlar, jumladan Xitoy va Rossiya, bundan keyin ham Hormuz bo‘g‘ozi bilan bog‘liq masalalarda alohida yondashuv va qulay sharoitlardan foydalanadi”, — dedi Azizi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur yondashuv savdo kemalari bilan bir qatorda neft tankerlariga ham tatbiq etiladi. Eron rasmiysi Rossiya va Xitoyni Tehronning eng yaqin hamkorlari sifatida tilga olib, bu davlatlar Eronni eng murakkab davrlarda ham qo‘llab-quvvatlab kelganini ta’kidladi.

 

Azizining qayd etishicha, Hormuz bo‘g‘ozi Eron uchun alohida geosiyosiy ahamiyatga ega. U bo‘g‘oz mamlakatning hududiy suvlari va geografik makonining bir qismi ekanini aytib, Tehron u bilan bog‘liq har qanday qarorni mustaqil ravishda qabul qilish huquqiga egaligini bildirgan.

 

Hormuz bo‘g‘ozi dunyodagi eng muhim neft tashish yo‘laklaridan biri hisoblanadi. Jahon bozoriga yetkazib berilayotgan neftning katta qismi aynan ushbu bo‘g‘oz orqali tashiladi.

 

RIA Novosti maqolasida qayd etilishicha, AQSH va Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy operatsiyasidan so‘ng Tehron bo‘g‘oz akvatoriyasini yopgan. Natijada dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yoqilg‘i va sanoat mahsulotlari narxlari oshgan.

 

Shu bilan birga, Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish masalasi AQSH va Eron o‘rtasida mojaroni yakunlashga qaratilgan ehtimoliy kelishuvning muhim bandlaridan biri sifatida muhokama qilinmoqda.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.