O'zbekiston

Prezident Ibrohim G‘afurov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Ibrohim G‘afurov “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi” faxriy unvoni, shuningdek, “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlangan.

Prezident Ibrohim G‘afurov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev milliy adabiyot va madaniyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adabiyotshunos olim, adib, tarjimon va jamoat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

 

1937-yil 27-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan Ibrohim G‘afurov Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) filolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini Davlat badiiy adabiyot nashriyotida muharrir sifatida boshlagan olim keyinchalik G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

 

U uzoq yillar davomida “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” hamda “Milliy tiklanish” gazetalarida rahbarlik lavozimlarida ishladi, shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalarga saboq berdi.

 

Ibrohim G‘afurov siyosiy va jamoatchilik faoliyatida ham faol ishtirok etib, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi, Oliy Majlis deputati va parlamentning Matbuot va axborot qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

 

Adabiyotshunos olim o‘zbek adabiyotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy maqola, kitob va risolalar muallifi sifatida tanilgan. U, shuningdek, Fyodor Dostoyevskiy, Ernest Xeminguey, Gabriel Garsia Markes, Jeyms Joys va Chingiz Aytmatov kabi jahon adabiyoti namoyandalarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

 

Ibrohim G‘afurovning ilm-fan, adabiyot va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi davlat tomonidan yuksak baholanib, unga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi” faxriy unvoni, shuningdek, “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari berilgan.

 

Hamdardlikda Ibrohim G‘afurovning yorqin xotirasi xalq qalbida hamisha saqlanib qolishi ta’kidlangan.

custom img

Alifbo o‘zgaradi: senatorlar qonun loyihasini ma’qulladi

Yangi tartibga ko‘ra, alifbo amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf va bitta apostrofdan iborat bo‘ladi.

custom img

Chilonzorda “Cobalt” kuryerni urib yubordi

Hodisa oqibatida 2005-yilda tug‘ilgan piyoda jarohatlangan.

custom img

Namanganda 7 700 dollarga “REGAPEN” sotayotgan shaxs ushlandi

Namangan va Andijonda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi.

custom img

Yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkentda sentabr oyining dastlabki sakkiz kunida yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bu avgust oyidagi kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan qariyb 68 foizga ko‘p.

custom img

“Minnatdorlik tariqasida oldim” — pora bilan ushlangan sudya 6 yilga qamaldi

Sirdaryoda tadbirkorning iqtisodiy ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga 7,5 ming dollar olgan sudya, unga vositachilik qilgan bank mansabdoriga sud hukmi o‘qildi.

custom img

Boldirga yashirilgan 240 ming dollar

Toshkentda ikki nafar Qozog‘iston fuqarosi 240 ming AQSH dollarini boldirlariga yashirib, O‘zbekistondan olib chiqib ketishga uringan vaqtida ushlandi. Shuningdek, qalbaki 8400 dollarni 3800 dollarga sotishga urinish fosh etildi.

custom img

Sirdaryoda bog‘cha rahbari xodimlarni majburiy mehnatga jalb qildi

Shuningdek, bog‘cha xodimlari “Open budget” uchun majburiy ovoz yig‘ishga jalb qilingani aniqlangan.

custom img

“Bu yerdan inson o‘z tarixini yanada chuqurroq anglagan holda chiqadi” — dedi Ozod Soliyev

AQShdagi Vatan Global Alliance raisi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning ekspozitsiyalari va ko‘lamiga yuqori baho berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"