Jahon

Yevroittifoq rossiyaliklar uchun Shengen vizasi tartibini kuchaytirmoqda

Yangi vizaviy cheklovlar 2027-yildan kuchga kirishi mumkin.

Yevroittifoq rossiyaliklar uchun Shengen vizasi tartibini kuchaytirmoqda

 

Yevropa Komissiyasi Rossiya fuqarolariga Shengen vizalarini berish tartibini yanada kuchaytirish bo‘yicha yangi choralarni ishlab chiqayotganini ma’lum qildi. Mazkur tashabbus Yevroittifoqning qator davlatlari tomonidan bildirilgan murojaatlardan so‘ng ilgari surilmoqda. Bu haqda Euronews xabar berdi.

 

Yevrokomissiyaning migratsiya masalalari bo‘yicha vakili Markus Lammertning bildirishicha, xavfsizlikka oid tahdidlarni hisobga olgan holda uchinchi davlatlarning dushmanona harakatlariga qarshi maqsadli vizaviy cheklovlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Yangi qoidalar 2027-yildan kuchga kirishi mumkin.

 

Ayni paytda vizalar berish masalasi Yevroittifoqning alohida a’zo davlatlari vakolatiga kirishi sababli Rossiya fuqarolariga viza berishni to‘liq taqiqlash masalasi ko‘rib chiqilmayotgani qayd etilgan.

 

Avvalroq Shengen hududiga kiruvchi 11 davlat — Daniya, Islandiya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Finlyandiya, Chexiya, Shvetsiya va Estoniya Yevropa Komissiyasiga qo‘shma murojaat yo‘llab, Rossiya fuqarolariga vizalar berish bo‘yicha yanada qat’iy va majburiy cheklovlar joriy etishni talab qilgan edi.

 

Murojaatda Yevroittifoq tavsiyalari turli mamlakatlarda turlicha qo‘llanayotgani, bu esa Rossiya fuqarolariga turistik va boshqa maqsadlarda vizalar berilishida sezilarli tafovutlarni keltirib chiqarayotgani ta’kidlangan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiya, Italiya va Ispaniya Rossiya fuqarolariga turistik vizalar berishni davom ettirmoqda. 2025-yilda Fransiya qariyb 180 ming, Italiya 160 mingga yaqin va Ispaniya 100 mingga yaqin viza rasmiylashtirgan.

 

Shuningdek, murojaatda rossiyaliklarga ko‘p martalik vizalar berish tartibini yanada qat’iylashtirish hamda Ukrainadagi urushda qatnashgan amaldagi va sobiq harbiylarning Yevroittifoq hududiga kirishini cheklash takliflari ham ilgari surilgan.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Narxlarning ko‘tarilishiga AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy zarbalarni qayta boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlar ham ta’sir ko‘rsatdi.

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Dafn marosimi vaqtida cherkovga bostirib kirgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan.

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 163 kishi jarohatlandi.

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Rossiyada noqonuniy yashab, qurilish maydonida ishlagan o‘zbekistonlik erkak nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatdan chiqib ketishga uringanida ushlangan.

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

AQSh prezidenti 2020-yilgi saylovlar soxtalashtirilganini da’vo qilib, uchinchi muddatga nomzodini qo‘yish huquqi borligini aytdi.

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Jarohatlangan besh nafar konchi shifoxonaga yotqizilgan.

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Kreml Ukraina bo‘yicha muzokaralar dastlab Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokida o‘tishini bildirdi.