Jahon

Agar xavfsiz bo‘lishni istasangiz, mintaqamizni tark eting — Abbos Aroqchi

Eron TIV AQSh qo‘shinlarini Yaqin Sharqni tark etishga chaqirdi.

Agar xavfsiz bo‘lishni istasangiz, mintaqamizni tark eting — Abbos Aroqchi

 

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQShni Yaqin Sharqdagi harbiy kontingentini olib chiqishga chaqirdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan.

 

Vazirning ta’kidlashicha, Eron qurolli kuchlari mamlakat xavfsizligiga qaratilgan har qanday tahdid yoki hujumni javobsiz qoldirmaydi.

 

“Agar xavfsiz bo‘lishni istasangiz, mintaqamizni tark eting”, — deb yozgan Aroqchi.

 

Shuningdek, u Eron chegaralari yaqinida faoliyat yuritayotgan xorijiy harbiy kuchlar turli xavflarga duch kelayotganini qayd etgan. Uning fikricha, bunday xavflarning oldini olishning eng maqbul yo‘li mintaqani tark etishdir.

 

Aroqchi Tehron diplomatik muloqotni afzal ko‘rishini ta’kidlab, zarurat tug‘ilganda Eron o‘z manfaatlarini boshqa vositalar orqali ham himoya qilishga tayyor ekanini bildirgan.

 

Mazkur bayonot AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik kuchaygan bir paytda yangramoqda. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida AH-64 Apache vertolyoti bilan bog‘liq hodisa yuz berganini ma’lum qilgan va Vashington bunga javob qaytargan edi.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.