Jahon

AQSh Eronning harbiy obyektlariga zarbalar berdi

Vashington Apache vertolyoti bilan bog‘liq hodisaga javoban yangi harbiy amaliyot o‘tkazdi.

AQSh Eronning harbiy obyektlariga zarbalar berdi

 

AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik yana kuchaydi. AQSh ma’muriyati Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida AH-64 Apache vertolyoti bilan bog‘liq hodisadan so‘ng Eron hududidagi qator harbiy obyektlarga zarbalar berganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu harakatni Amerikaning harbiy yo‘qotishlariga javob sifatida izohlab, Vashington bunday hodisalarni javobsiz qoldirmasligini ta’kidlagan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, zarbalar Eronning havo mudofaasi tizimlari, radar stansiyalari hamda uchuvchisiz apparatlarni boshqarish infratuzilmasiga qaratilgan. Xususan, Hormuz bo‘g‘ozi yaqinidagi bir qator harbiy obyektlar nishonga olingan.

 

Eron ommaviy axborot vositalari mamlakat janubidagi ayrim hududlarda portlashlar sodir bo‘lganini xabar qilgan. Tasnim agentligi ma’lumotiga ko‘ra, portlashlar Hormozgon viloyatidagi Sirik va Minab shaharlari, shuningdek, Qeshm oroli atrofida eshitilgan.

 

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSh harakatlarini keskin qoralab, Tehron bunday hujumlarni javobsiz qoldirmasligini ma’lum qilgan. U ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida Eron qurolli kuchlari mamlakat xavfsizligiga qarshi qaratilgan har qanday tahdidga munosib javob qaytarishini ta’kidlagan.

 

Eslatib o'tamiz, Tramp Eron AQSH harbiy vertolyotini urib tushirganini ma’lum qilgan edi.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.