O'zbekiston

"Sanksiya ostidagi korxonalarga O‘zbekiston hukumati yordam beradimi?"

Rossiya-Ukraina urushida Moskvaga yordam bergani uchun AQSH, Yaponiya va Britaniya sanksiya qo‘llagan bir qancha O‘zbek korxonalari bor. Hukumat ularga taqiqdan chiqishda yordam beradimi — bu savolni Investitsiya, savdo va sanoat vaziri o‘rinbosari Akram Aliyevdan Zamon.uz muxbiri so‘radi."

"Sanksiya ostidagi korxonalarga O‘zbekiston hukumati yordam beradimi?"

 

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi nafaqat Rossiya iqtisodiga balki boshda davlatning iqtisodiy ahvoliga ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. Bir qancha korxonalarga xususan, O‘zbekiston korxonalariga ham AQSh, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlar sanksiya kiritgan edi. Xo‘sh, o‘z iqtisodiyotini rivojlantirayotgan O‘zbekiston hukumati bu tashkilotlarga sanksiyadan chiqishga yordam beradimi? Zamon.uz muxbiri Shohjahon Majidov Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri o‘rinbosari Akram Aliyevdan javob oldi.


 
Aliyevning ma’lum qilishicha, Amerika yoki Yevropaning yoki chet elning juda katta O‘zbekistonga hamkor tashkilotlar sanksiyaga tushishi mumkin bo‘lgan yoki sanksiya  e’lon qilinganda hukumatga jo‘natadi.

 

“U kompaniyalarning faoliyati tekshirib chiqiladi. Bu nafaqat bizning vazirlik, balki hukumatimiz Vazirlar Mahkamasidagi maxsus komissiya tarafidan bu narsalar o‘rganilib, asosliligi tekshiriladi. Agar asos tashkil qilinadigan bo‘lsa, u korxonalarni yopish yoki u korxonalarni mana shu SWIFT operatsiyalaridan o‘chirish masalasi birdaniga o‘rtaga qo‘yiladi va u narsa davom etadigan jarayon. Chunki ko‘p holatlarda bizda asossiz bo‘lgan tanlovlar ham bor. Nima desam bo‘ladi? Suddan oldin birinchi uni qanchalik aybdor yoki aybdor emasligini isbotlash kerak-ku. O‘shani isbotlab beradigan bo‘lsa, albatta hukumat tarafidan o‘sha kompaniyalar faoliyatini to‘xtatish yoki boya aytganimdek, savdo operatsiyalaridan uzib qo‘yish choralari ko‘riladi”, dedi u Zamon.uz’ga bergan intervyusida. 

 

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, hozirgi vaqtda sanksiyaga tushgan tashkilotlar hozirgi vaqtda O‘zbekiston hukumati tomonidan o‘rganilmoqda. Unga ko‘ra, bunday jarayonlar to‘xtamayapti har doim bo‘lib turadi.

 

“Ayrim holatlarda o‘rganish jarayoni uzoq davom etadi, sababi u narsalarning faoliyat turlari ham har xil, har bittasini. Sanksiyaga tushirmoqchi bo‘lgan kompaniyalar faoliyat turlari ham har xil”, deydi Akram Aliyev.

 

"Jurnalistning ‘Shimolga yordam bergani uchun sanksiyaga tushgan tashkilotlarning Toshkentda o‘tkaziladigan xalqaro iqtisodiy forumga salbiy ta’sir qilmaydimi?’ degan savoliga vazir o‘rinbosari ‘yo‘q’ deb javob berdi."

 

“Yo‘q, men o‘ylamayman. Bu forumimizning kun tartibida unaqa narsa yo‘q. Biz chet ellik hamkorlar bilan shunchalik ochiq o‘yin, ochiq muzokara olib boryapmizki, hech qanaqa u muammoga olib kelmaydi deb o‘ylayman. Chunki O‘zbekiston bu narsani aytyapti: "Bizlar agar qayerdadir unaqa kompaniyalarni bilsalaring, bizga ro‘yxatini beringlar, bizlar ular bilan ishlayapmiz". Agar biz u narsani rad etib, "yo‘q, bizlar aralashmanglar faoliyatimizga" deganda, bu muammo bo‘lardi. Biz u muammo bilan birgalikda ular bilan ishlab, analizini yuritib va eng asosiysi oqil qaror chiqaryapmiz-da. Bu yerda hech qanaqa "zakritiy" o‘yinlar olib borilayotgani yo‘q. Shuning uchun men o‘ylaymanki, chet ellik hamkorlarimiz ham buni sezib, buni bilib, bu narsaga unday urg‘u bermayapti. Muammo sifatida bizlarga hech qachon bunaqa narsani qo‘ymayapti. Agar bizlarning boshqacharoq fikrimiz, boshqacharoq niyatimiz bo‘lganda edi, ular albatta bunaqa forumlardan foydalanib bu narsani ko‘tarardi”, dedi u.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi konsulligi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi sabab yangi — 20-sanksiyalar paketini e’lon qilgan edi. Sanksiyaga tushgan korxonalar orasida O‘zbekistonning 2 ta kompaniyasi — Farg‘ona Kimyo Zavodi va Raw Materials Cellulose ham bor edi. Mazkur kompaniyalar Rossiyaga porx ishlab chiqarish uchun paxta sellyulozasini yetkazib berishda gumonlanmoqda. Mazku ikki kompaniya va Rustam Mo‘minov ismli shaxs Yevropa Ittifoqining 19-sanksiyalar paketi ro‘yxatidan ham joy olgan edi. 

 

2025-yil 19-dekabrda Britaniya tomonida e’lon qilingan sanksiyalar ro‘yxatida O‘zbekistondan to‘rtta kompaniya va bitta tadbirkorni o‘z ichiga olgan edi. Ushbu cheklovlar Farg‘ona kimyo zavodi, Gelion Business Trade, Chemistry International, Raw Materials Cellulose kompaniyalari hamda toshkentlik tadbirkor Rustam Mo‘minovni qamrab olgan edi. 

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"