O'zbekiston

O‘zbekistondagi ikkita kompaniya Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi

Izohlarga ko‘ra, mazkur korxonalar paxta sellyulozasini Rossiyaning harbiy-sanoat korxonalariga yetkazib beradi.

O‘zbekistondagi ikkita kompaniya Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi

Yevropa Ittifoqi konsulligi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi sabab yangi — 20-sanksiyalar paketini tasdiqladi. Bayonotda ushbu cheklovlar so‘nggi ikki yil ichidagi eng yirik paket hisoblanishi keltirilgan, deya yozmoqda DW.

 

Yangi paketga ko‘ra, Rossiyaning harbiy-sanoat kompleksi bilan bog‘liq 58 ta kompaniyaga nisbatan sanksiyalar qo‘llanildi. Ular orasida Xitoy, BAA, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Belarusda joylashgan 16 ta tashkilot ham bor.

 

O‘zbekistonning 2 ta kompaniyasi — Farg‘ona Kimyo Zavodi va Raw Materials Cellulose ham Yevropa ittifoqining 20- paketi doirasidagi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda iqtisodchi Otabek Bakirov xabar berdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona va Jizzaxda joylashgan har ikki kompaniya paxtadan sellyuloza ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

 

“Izohlarga ko‘ra, mazkur korxonalar paxta sellyulozasini Rossiyaning harbiy-sanoat korxonalariga (porox ishlab chiqarish uchun) yetkazib berishgan”, — deya yozgan Otabek Bakirov.

 

Xabarga ko‘ra, avvalroq Farg‘ona Kimyo Zavodini nazorat qiluvchisi sifatida o‘zbekistonlik tadbirkor deyilgan va uch davlat fuqaroligiga ega Rustam Mo‘minov YIning 19- paket sanksiyalariga kiritilgan.

 

Shuningdek, yangi sanksiyalar ro‘yxatiga 120 nafar jismoniy va yuridik shaxs kiritilgan. Cheklovlar Rossiya iqtisodiyotining urushni moliyalashtirayotgan asosiy tarmoqlariga qaratilgan.

 

Sanksiyalar doirasida Rossiyaning “soya floti” ro‘yxati yana 46 ta kema bilan kengaytirildi. Tankerlar savdosida ishonchlilik tekshiruvlari joriy etildi. YI mamlakatlarida Rossiya muzqayorarlari hamda suyultirilgan tabiiy gaz (STG) tashuvchi tankerlariga texnik xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi. 2027-yildan boshlab esa Rossiya bilan bog‘liq kompaniyalarga STG terminallari xizmatlari ko‘rsatilmaydi.

 

Bundan tashqari, Tuapse va Murmansk portlari, 20 ta Rossiya banki hamda uchinchi davlatlardagi to‘rtta moliyaviy muassasa bilan tranzaksiyalar taqiqlanadi. Kriptoaktivlar sohasida ham cheklovlar joriy etilib, A7A5 steyblkoini va RUBx kriptovalyutasi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi. YI kompaniyalariga raqamli rublni ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash ham man etildi.

 

YI, shuningdek, sonli dasturiy boshqaruvga ega stanoklar va radioqurilmalarni Qirg‘izistonga eksport qilishni taqiqladi. Bayonotda qayd etilishicha, bunday mahsulotlar ko‘pincha ushbu davlat orqali Rossiyaga yetkazib beriladi.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.