Jahon

AQSh va Eron o‘rtasidagi texnik muzokaralar davom etmoqda — Reuters

Vashington Tehronni memorandum shartlariga rioya qilmayotganlikda ayblamoqda.

AQSh va Eron o‘rtasidagi texnik muzokaralar davom etmoqda — Reuters

 

AQSh va Eron o‘rtasidagi texnik darajadagi maslahatlashuvlar davom etmoqda. Bu haqda Reuters agentligi AQSh ma’muriyatidagi manbaga tayanib xabar berdi.

 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington Eron bilan mavjud ziddiyatlarni diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori bo‘lib qolmoqda va shu maqsadda mutaxassislar darajasidagi muzokaralar davom ettirilmoqda.

 

Shu bilan birga, AQSh ma’muriyati Tehron o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida zimmasiga olgan ayrim majburiyatlarni to‘liq bajarmayotganini ta’kidlamoqda. Xususan, Vashington Eron kuchlarining Hormuz bo‘g‘ozida kemalarga o‘q uzishini memorandum shartlariga zid harakat sifatida baholagan.

 

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Isroil joriy yil 28-fevral kuni Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni boshlagan edi. Oradan bir necha oy o‘tib, tomonlar Livanni ham qamrab olgan barcha yo‘nalishlarda harbiy harakatlarni to‘xtatishni nazarda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan.

 

Mazkur hujjatni amalga oshirish yuzasidan Qatar va Pokiston vositachiligida Shveytsariyaning Byurgenstok shahrida AQSh hamda Eron vakillari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgan. Muzokaralarning birinchi bosqichi yakunida tomonlar texnik maslahatlashuvlarni davom ettirish va kelgusidagi muloqot uchun zarur asos yaratilganini ma’lum qilgan edi.

 

Biroq 8-iyul kuni AQSh Eronni Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni buzganlikda ayblab, uning hududidagi bir qator obyektlarga zarbalar bergan. Reuters manbasiga ko‘ra, harbiy keskinlik saqlanib qolayotganiga qaramay, Vashington diplomatik muloqotni davom ettirish niyatidan voz kechmagan.

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Telefon suhbatlari Vashington va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda o‘tkazildi.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.