O'zbekiston

YPX motosikllari bilan to‘qnashgan Onix haydovchisi vafot etdi

Hodisa oqibatida patrul motosiklini boshqarib kelgan YPX xodimi voqea joyida vafot etgan edi.

YPX motosikllari bilan to‘qnashgan Onix haydovchisi vafot etdi

 

Toshkent shahrida Onix rusumli avtomobil va YPX inspektorlarining patrul motosikllari ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida qurbonlar soni ikki nafarga yetdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisadan so‘ng shifoxonaga ikki nafar patrul motosiklida bo‘lgan YPX xodimi, bir nafar YPX inspektori hamda Onix avtomobili haydovchisi olib kelingan. 27-iyul kuni Onix haydovchisi shifoxonada vafot etgan.

 

Qolgan uch nafar jabrlanuvchining ahvoli yaxshilangani va ular umumiy bo‘limga o‘tkazilgani bildirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur yo‘l-transport hodisasi 2026-yil 16-iyul kuni soat 18:30 atrofida poytaxtning Do‘rmon yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. Uch nafar YPX inspektori patrul motosikllarida xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda G‘azalkent ko‘chasidan chorrahaga kirib kelgan Onix avtomobili bilan to‘qnashuv yuz bergan.

 

Hodisa oqibatida patrul motosiklini boshqarib kelgan bir nafar YPX xodimi voqea joyida olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan edi.

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda ushbu YTH kortej kuzatuvi vaqtida sodir bo‘lgani haqida taxminlar tarqalgan. Biroq Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bu ma’lumotlarni asossiz deb baholab, fuqarolarni tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatmaslikka chaqirgan.

 

Ayni paytda mazkur hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"