O'zbekiston

Toshkentda Onix va YPX motosikllari to‘qnashdi: YPX xodimi vafot etdi

Poytaxtdagi YTH bo‘yicha IIV rasmiy ma’lumot berdi

Toshkentda Onix va YPX motosikllari to‘qnashdi: YPX xodimi vafot etdi



Toshkent shahrida patrul xizmati motosikllari va yengil avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar Yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.



Qayd etilishicha, hodisa 16-iyul kuni soat taxminan 18:30 da poytaxtning “Do‘rmon yo‘li” ko‘chasida sodir bo‘lgan. Uch nafar YPX inspektori patrul motosikllarida xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda “G‘azalkent” ko‘chasidan chorrahaga kirib kelgan Onix rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.



Yo‘l-transport hodisasi oqibatida patrul motosiklini boshqarib kelgan bir nafar YPX xodimi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Tan jarohati olgan boshqa fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.



IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ijtimoiy tarmoqlarda mazkur hodisa kortej kuzatuvi vaqtida sodir bo‘lgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirib, asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi.



Hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Aktrisaning ko‘cha va bekat atrofida tasvirga olgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bo‘lgandi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev 5-6-noyabr kunlari Ostona shahrida bo‘ladi.

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Hodisada bir kishi jarohatlangan edi.

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Maskatda O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazildi. Unda 250 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

Hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq zamonaviy paxta terish mashinasi yordamida yig‘ib olingan.

51 tup daraxt kesildi, 5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi: qurilish kompaniyasiga chora ko‘rildi

51 tup daraxt kesildi, 5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi: qurilish kompaniyasiga chora ko‘rildi

Shuningdek, 396 mln so‘mlik zararni qoplash va 5 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.

Chiptasiz yurish holatlari ko‘paydi: 6 kunda 2 152 ta bayonnoma rasmiylashtirildi

Chiptasiz yurish holatlari ko‘paydi: 6 kunda 2 152 ta bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkentda 8 ta avtobus yo‘nalishi nazoratga olindi.

Belgilangan me’yor buzildi: Toshkent aeroportida 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Belgilangan me’yor buzildi: Toshkent aeroportida 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Aeroportda xorijdan kelgan yo‘lovchilarning yuklari va shaxsiy buyumlari tekshirilganda, jami 691 gramm zargarlik buyumlari aniqlandi.