Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi
Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Pekin shahrida Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyida bo‘ldi.

“Mamlakatning bir asrlik taraqqiyot solnomasini avaylab saqlab kelayotgan mazkur majmua o‘zining salobati, ulug‘vorligi bilan kishida hayrat uyg‘otadi.
Muzey zallarida Xitoy qanchalik murakkab va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgani, shu davr ichida qanday ulkan o‘zgarishlarga erishganini chuqur his etasiz.” — deya yozdi Saida Mirziyoyeva.

Avvalroq Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Letszi va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP MQ Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi devoni rahbari, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv o‘tkazgandi.








