Jahon

Rossiya Ukrainaga yirik raketa va dron hujumi uyushtirdi

Kiyev va boshqa shaharlarda portlar, energetika va sanoat obyektlari, shuningdek, yirik savdo kompaniyalarining logistika markazlari nishonga olingan.

Rossiya Ukrainaga yirik raketa va dron hujumi uyushtirdi

Rossiya 27-avgustga o‘tar kechasi Ukraina hududiga raketa va dronlar bilan yirik hujum uyushtirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Ukraina harbiylari hujum vaqtida 258 ta dron va ballistik raketalar qo‘llanganini ma’lum qildi. Havo mudofaasi kuchlari yettita ballistik raketani urib tushirgan.

 

Kiyevda havo hujumi bir necha soat davom etgan. Dronlar qoldiqlari oqibatida to‘rt kishi jarohatlangan. Xarkiv shahridagi savdo markaziga berilgan zarba oqibatida esa bir kishi halok bo‘lgan, ikki kishi jarohatlangan.

 

Hujumlar Kiyev viloyatidagi COMFY kompaniyasining tarqatish markaziga ham zarar yetkazgan. O‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning yana bir logistika markazi vayron qilingan. “Roshen” kompaniyasi esa Kiyev yaqinidagi omborlaridan biri yo‘q qilinganini bildirgan.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar Krivoy Rog va Zaporojjyadagi metallurgiya korxonalari, Poltava viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodi, Kiyev atrofidagi logistika markazlari hamda Odesa viloyatidagi uchta portga berilganini ma’lum qildi. Hujumlar oqibatida Ukrainaning bir nechta hududlarida poyezdlar qatnovi kechikdi.

 

Bundan tashqari, oltita Rossiya droni Moldova havo hududiga kirgan. Ulardan biri Moldova hududidan topilgan. Prezident Mayya Sandu hodisani qoraladi.

 

Rossiya esa Ukraina tomonidan Britaniya qurollaridan foydalanib Rossiya hududiga berilgan zarbalarga javoban Buyuk Britaniyaning Ukraina ichidagi va tashqarisidagi harbiy obyektlariga zarba berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

 

Avvalroq Ukraina Rossiyadagi Ozon logistika markazlariga zarba bergan edi.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.