Jahon

Sietl va Vashingtondan keyin Oregon ham 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi

Tegishli hujjatni gubernator Tina Kotek tomonidan imzolangan.

Sietl va Vashingtondan keyin Oregon ham 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi

 

AQShning Oregon shtati gubernatori Tina Kotek 2026-yil 1-sentabrni shtat miqyosida “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi.

 

O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, gubernator tomonidan imzolangan va Oregon davlat kotibi Tobias Rid tomonidan tasdiqlangan proklamatsiyada shtat aholisi ushbu muhim sanani birgalikda nishonlashga chaqirilgan.

 

Mazkur qaror O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan. Proklamatsiyada O‘zbekistonning mustaqillik yillarida suverenitetini mustahkamlab, boy madaniy merosini asrab-avaylash, tinchlik, farovonlik va milliy taraqqiyot yo‘lida izchil rivojlanib kelayotgani qayd etilgan.

 

Hujjatda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, mamlakatning xalqaro maydondagi faolligi hamda Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlariga ham e’tibor qaratilgan.

 

Shuningdek, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalar savdo, investitsiyalar, texnologiyalar, ta’lim, toza energetika, turizm va xalqlararo almashinuvlar kabi yo‘nalishlarda tobora kengayib borayotgani e’tirof etilgan.

 

Proklamatsiyada O‘zbekiston Respublikasining Sietldagi Bosh konsulxonasi Oregon shtatiga ham konsullik xizmatlarini ko‘rsatishi, O‘zbekiston va Oregon o‘rtasidagi madaniy, iqtisodiy, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni rivojlantirishga hissa qo‘shayotgani alohida qayd etilgan.

 

Oregon shtati O‘zbekiston bilan madaniy, ta’lim, iqtisodiy va xalqlararo munosabatlarni yanada kengaytirishni qo‘llab-quvvatlashi, o‘zbek-amerika hamjamiyati hamda ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga hissa qo‘shayotgan fuqarolarning faoliyati e’tirof etilgan.

 

Oregonning mazkur qarori O‘zbekiston Mustaqilligi kunining AQSh shtati miqyosida rasman e’tirof etilgani bilan ahamiyatlidir. Bu O‘zbekiston–AQSh munosabatlari nafaqat federal, balki shtatlar darajasida ham izchil rivojlanib borayotganining yana bir ifodasidir.

 

Ma’lumot uchun, Oregon AQShning Tinch okeani sohilida joylashgan iqtisodiy va texnologik jihatdan muhim shtatlaridan biridir. Aholisi 4,3 millionga yaqin bo‘lgan shtat iqtisodiyoti 340 milliard dollardan oshadi. Oregon yarimo‘tkazgichlar va yuqori texnologiyalar sohasidagi yirik markazlardan biri bo‘lib, bu yerda Intel kompaniyasining yirik ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi joylashgan. Shtat, shuningdek, umumiy savdo solig‘i mavjud bo‘lmagan AQShning besh shtatidan biridir.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Vashington va Sietl shaharlarida ham 1-sentabr “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qilingan edi.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

custom img

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

custom img

AQSh xorijiy davlat xizmatchilari farzandlariga fuqarolik berishni cheklamoqchi

Taklif xorijiy elchixona va konsulliklarning ayrim xodimlari farzandlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

custom img

Saudiya Arabistoni AQSHdan 5 milliard dollarlik aviabombalar sotib oladi

Bitim doirasida 227 va 907 kilogrammlik 10 mingta aviabomba yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Tramp Rossiya va Ukrainaga muzokaralar uchun vakillarini yubormoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvlar davomida havo hujumlarini to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"