O'zbekiston

Toshkent metrosida poyezdlar harakati intervallari qisqartiriladi

Mazkur chora yangi o‘quv yili boshlanishi bilan kutilayotgan yo‘lovchilar oqimini samarali boshqarish uchun amalga oshiriladi.

Toshkent metrosida poyezdlar harakati intervallari qisqartiriladi

Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar oqimi ortishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” AJ xabar berdi.

 

Poytaxtdagi oliy ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarining birinchi smenasi soat 08:00 dan boshlanishi belgilangan.

 

Shu munosabat bilan ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda metropolitenning barcha yo‘nalishlarida poyezdlar harakati intervallari qisqartiriladi. Xususan:

 

  • Chilonzor yo‘nalishida — 1,5–2 daqiqagacha;
  • O‘zbekiston yo‘nalishida — 3 daqiqagacha;
  • Yunusobod yo‘nalishida — 4 daqiqagacha;
  • Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida — 7–8 daqiqagacha.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil davomida Toshkent metropoliteni vagon parki 14 ta zamonaviy harakat tarkibi bilan to‘ldirilishi rejalashtirilgan. Hozirgacha ularning 11 tasi yetkazib berilgan, yana 3 ta harakat tarkibi yaqin kunlarda olib kelinishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, yo‘lovchilar oqimini samarali boshqarish va bekatlarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tig‘iz vaqtlarda barcha 50 ta metro bekatida navbatchilik tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

 

Mas’ul xodimlardan iborat guruhlar ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda bekatlarda navbatchilik qilib, yo‘lovchilarga zarur ko‘mak ko‘rsatadi.

 

Mazkur choralar yangi o‘quv yili boshlanishi bilan kutilayotgan yo‘lovchilar oqimini samarali boshqarish, metro qatnovining barqarorligini ta’minlash hamda yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatishga qaratilgan.

custom img

Tarixiy merosdan — jahon muloqoti sari: xalqaro mediaforum O‘zbekiston va dunyoga nima berdi?

Forumning markaziy maydoni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ldi. Aynan shu yerda ishtirokchilar tarixiy meros zamonaviy xalqaro media muloqoti uchun qanday asos bo‘lishi mumkinligini amalda ko‘rdilar.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-avgust – 1-sentyabr kunlari Bishkekda bo‘ladi

Prezident SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi

Marosim O‘zbekiston va Hindiston munosabatlarida yangi bosqich boshlanganini ifodaladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi ishtirokida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston – Hindiston sherikligini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi

custom img

Hindiston Bosh vaziri “Oliy darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Mazkur mukofot ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishiga ishonch bildirildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri tor va kengaytirilgan doirada muzokara o‘tkazdi

Har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha tegishli “yo‘l xaritalari” ishlab chiqiladi.

custom img

Hindiston Bosh vaziri Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

“Oydin dehqon bozori”da yong‘in chiqdi

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda. Jarohatlanganlar yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"